35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KENGASH RAISI “MAHALLA YETTILIGI” BILAN UCHRASHIB, KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH MASALALARINI MUHOKAMA QILDI.
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHI DOIMIY KOMISSIYASINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
HOKIM YORDAMCHILARI FAOLIYATI SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN MAKTAB SPORT ZALI VA SPORT ANJOMLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLIY BUDJET, TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA IQTISODIY ISLOHOTLAR MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYANING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI O‘RGANILDI.
янв.21
KENGASH RAISI TOMONIDAN PARKENT TUMANIDA GAZ TA’MINOTI HOLATI JAMOATCHILIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI.
янв.21
HUDUDDAGI KUTUBXONA FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY SOHA OBYEKTINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI.
Xo‘jaidod MFY raisi faoliyati o‘rganildi

Xo‘jaidod MFY raisi faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri O‘. Murodov hamda Xo‘jaidod mahallasidan saylangan tuman Kengashi deputati Yu. Aliyev ishtirokida Xo‘jaidod MFY raisining faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahallada aholi bilan ishlash, fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish va ularning muammolarini hal etish, hududni obodonlashtirish, ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash hamda mahalla hududida amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish borasidagi faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mahalla raisining sektor va tegishli tashkilotlar bilan hamkorligi, aholining ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, xonadonbay ishlash tizimini yo‘lga qo‘yish hamda mahalladagi mavjud muammolarni aniqlab, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish borasidagi ishlari tahlil qilindi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berilib, mahalla raisi faoliyatini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 4