35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLADAGI YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN TADBIRLAR SAMARADORLIGI, YOSHLAR BANDLIGI O‘RGANILDI.
янв.21
AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH MASALALARI “MAHALLA YETTILIGI” BILAN MUHOKAMA QILINDI.
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI.
янв.21
BIRIKTIRILGAN TASHKILOT FAOLIYATI VA QONUN IJROSI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI.
янв.21
HOKIM YORDAMCHILARI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI, XUSUSAN AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA RAISI TOMONIDAN KENGASH ISH REJASI IJROSI DOIRASIDA DEHQON BOZORIDA JAMOATCHILIK NAZORATI O‘TKAZILDI.
янв.21
KENGASH ISH REJASI IJROSI DOIRASIDA CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH HOLATI VA “CHIQINDILAR TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
MAHALLALARDA AHOLI VA BOLALAR UCHUN SPORT INSHOOTLARI, UMUMTA’LIM MAKTABLARI SPORT ZALLARI VA ULARDAGI SPORT ANJOMLARI MAVJUDLIGI, ULARNING JIHOZLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KENGASH ISH REJASI IJROSI DOIRASIDA AHOLIGA O‘Z VAQTIDA VA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HOLATI HAMDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
HUDUDDAGI KUTUBXONALAR HOLATI O‘RGANILDI.
QONUN TARG‘IBOTI O‘TKAZILDI.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 1-Guliston saylov okrugi deputati Baxromov Isoxon Nosirovich hududida xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri M. Yarmatov tomonidan “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ–457-son) mazmun-mohiyati yuzasidan qonun targ‘iboti o‘tkazildi.

Targ‘ibot davomida mazkur Qonunning asosiy maqsadi, ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshirishning qonuniylik, adolatlilik va shaffoflik tamoyillari, shuningdek, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan muhim normalari haqida tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, davlat organlari va mansabdor shaxslarning ma’muriy qarorlar qabul qilish jarayonida qonun talablariga qat’iy rioya etishi, fuqarolarning murojaatlari belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi hamda ularning huquqlari ishonchli himoya qilinishi muhimligi ta’kidlandi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga qonun hujjatlaridan xabardor bo‘lish, o‘z huquq va majburiyatlarini bilish hamda qonuniylikka qat’iy rioya qilish bo‘yicha kotibiyat mudiri tomonidan tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3