35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“BO‘STON” MFYDA DAVLAT XIZMATLARINI KO‘RSATUVCHI INFOKIOSKA TOMONIDAN AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR SIFATI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY SOHA OBYEKTINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTATLARGA BIRIKTIRILGAN MAHALLALARDA “IJTIMOIY REYESTR”GA KIRITILGAN OILALAR BILAN ISHLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI.
янв.21
NOGIRONLIGI MAVJUD SHAXSLARGA DAVLAT TOMONIDAN BERILGAN IMTIYOZLARNING TO‘G’RI QO‘LLANILISHI HAMDA “NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQLARI TO‘G’RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
HUDUDDAGI JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASH HOLATI, AYNIQSA QIZIL VA SARIQ HUDUDLARDA JINOYATCHILIKNI BARTARAF QILISH BO‘YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI 29-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
BEPUL BERILADIGAN DORILAR BILAN TA’MINLASH VA AHOLIGA O‘ZI VAQTIDA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” HAMKORLIGIDA HUDUDDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILDI.
янв.21
FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILIB, ULARNI BARTARAF ETISH CHORALARI BELGILANDI.
янв.21
MAHALLADAGI YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI, YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI.
TUTTAGI MAHALLASIDA PROFILAKTIKA INSPEKTORI FAOLIYATI O‘RGANILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududlarda deputatlik o‘rganishlari davom ettirilmoqda.

Navbatdagi deputatlik o‘rganishi Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 13-Yoyilma saylov okrugi deputati, Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi X.Abdurahmonov hamda deputatga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi, doimiy komissiya a’zosi N.Akbarova ishtirokida Tuttagi mahallasida o‘tkazildi.

O‘rganish davomida Tuttagi mahallasida profilaktika inspektori D. G‘ofurovning xizmat faoliyati, xususan, huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolar bilan profilaktik tadbirlarni tashkil etish, yoshlar va voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlari tahlil qilindi.

Deputatlik nazorati jarayonida profilaktika inspektori faoliyatining qonunchilik talablariga muvofiqligiga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 29-sentabrdagi O‘RQ-263-son “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan vazifalarning hududda amalda qanday ta’minlanayotgani o‘rganildi.

Mazkur Qonunning 4-moddasida voyaga yetmaganlar nazoratsizligi, qarovsizligi, huquqbuzarliklari yoki boshqa g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarining oldini olish, ularga sabab bo‘layotgan shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish, voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish muhim vazifalar sifatida belgilangan.

Shuningdek, Qonunning 11-moddasida ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi bo‘linmalari tomonidan yakka tartibdagi profilaktika ishlarini olib borish, ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan voyaga yetmaganlarni aniqlash, ularning huquqbuzarlik sodir etishiga imkon berayotgan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan tegishli takliflar kiritish kabi vazifalar belgilangan.

O‘rganish davomida aynan ushbu yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlarning tizimliligi, profilaktik tadbirlarning samaradorligi, voyaga yetmaganlar va ularning ota-onalari bilan individual ishlash amaliyoti hamda mahalla faollari bilan hamkorlik masalalariga e’tibor qaratildi.

Zero, huquqbuzarliklarning oldini olish faqat sodir etilgan qonunbuzarlikka munosabat bildirish bilangina cheklanmaydi. Eng avvalo, huquqbuzarlikka olib kelishi mumkin bo‘lgan sabab va shart-sharoitlarni barvaqt aniqlash, yoshlar bilan manzilli ishlash, oiladagi muhitni o‘rganish hamda profilaktik choralarni o‘z vaqtida ko‘rish muhim ahamiyat kasb etadi.

Deputatlik o‘rganishining asosiy maqsadi ham hududdagi mavjud holatni xolis baholash, qonunchilik talablarining amaliy ijrosini ko‘zdan kechirish va aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Bunday o‘rganishlar deputatlik nazoratining amaliy samaradorligini oshirish, mahallalarda huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini yanada kuchaytirish hamda, eng muhimi, voyaga yetmaganlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3