Yoshlar — kelajak bunyodkorlaridir!
📍A.S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida “Yoshlar siyosati va boshqaruvda yoshlar ishtiroki kuni” munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi.
🇺🇿 Tadbirda Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati Firuza Xankeldiyeva, shuningdek, boshqaruv sohasida faoliyat yuritayotgan mutasaddilar va yoshlar ishtirok etdi.
⚡️ Uchrashuv davomida yoshlarning jamiyat va davlat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, liderlik salohiyatini rivojlantirish hamda bugungi kunda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida fikr almashildi.
➡️ Tadbirda deputat Firuza Xankeldiyeva yoshlarning mamlakat taraqqiyotidagi o‘rni, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish hamda kelajakda malakali kadrlar sifatida shakllanishi masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi.
⚡️ Samimiy muloqot tarzida o‘tgan uchrashuv yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berish, ularning taklif va tashabbuslarini tinglash hamda tajriba almashish uchun muhim maydon bo‘ldi.