Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a’zolari J.Bo‘rixo‘jayev va N.Egamovlar tomonidan Yangiovul mahallasida navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Jarayon davomida mahalla yettiligi faoliyati, xususan, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi ijrosi, aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarni kambag‘allikdan chiqarish va ularning farovonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
O‘rganishlar davomida mavjud muammolar, erishilgan natijalar hamda kelgusidagi vazifalar muhokama qilinib, samaradorlikni yanada oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.
Maqsad — aholi farovonligini ta’minlash, bandlikni kengaytirish va har bir oilaga amaliy ko‘mak ko‘rsatish.