Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich “Yangi makon” OFY hududida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, ajrim yoqasida turgan va nizoli oilalar bilan olib borilayotgan ishlar samaradorligini o‘rgandi.
🏠 Dastlab fuqaro T.J. xonadoniga tashrif buyurilib, oiladagi mavjud vaziyat, muammolar hamda xotin-qizlar faoli tomonidan ko‘rsatilayotgan amaliy ko‘mak holati bilan tanishildi.
💬 Suhbat davomida oiladagi nizoli vaziyatning sabablarini o‘rganish, muammoni bartaraf etish va oilani yarashtirishga qaratilgan ishlarning samaradorligi yuzasidan fikr almashildi.
🤝 O‘rganish davomida bunday oilalar bilan ishlashda manzilli yondashuv, muntazam muloqot va amaliy ko‘mak muhimligi qayd etildi.