35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOSHQARUV KOMPANIYALARI FAOLIYATI SAMARADORLIGI, KO‘P QAVATLI UYLAR ICHKI YO‘LAKLARI (POD’EZDLARI), ATROFIDAGI MAYDON TOZALIGI O‘RGANILDI.
янв.21
PARKLAR VA XIYOBONLAR, BOG‘LARNING HOLATI. “YOSHLAR MARKAZI” QURILISHI JARAYONI O‘RGANILDI.
янв.21
AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI FAOLIYATI VA QONUN IJROSI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI.
янв.21
AHOLI VA BOLALARNING SPORT BILAN SHUG‘ULLANISHI UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI.
янв.21
KENGASH ISH REJASI IJROSI DOIRASIDA CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH HOLATI HAMDA “ZERO-WASTE” MChJ PARKENT TUMANI FILIALIDA XODIMLAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI.
янв.21
HUDUDDAGI JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASH HOLATI, AYNIQSA QIZIL VA SARIQ HUDUDLARDA JINOYATCHILIKNI BARTARAF QILISH BO‘YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI.
янв.21
BOSHQARUV KOMPANIYALARI FAOLIYATI SAMARADORLIGI, KO‘P QAVATLI UYLAR ICHKI YO‘LAKLARI (POD’EZDLARI), ATROFIDAGI MAYDON TOZALIGI O‘RGANILDI.
янв.21
PARKLAR VA XIYOBONLAR, BOG‘LARNING HOLATI. “YOSHLAR MARKAZI” QURILISHI JARAYONI O‘RGANILDI.
янв.21
MAHALLALARDAGI YOSHLAR YETAKCHILARINING FAOLIYATI VA YOSHLAR BANDLIGI E’TIBORDA.
янв.21
MAHALLA ICHKI KO‘CHA YO‘LLARI HOLATI O‘RGANILDI.
Saylovchilar bilan uchrashuv

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

❗️Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati Xolmo'min Salomov 2026-yilning II yarim yilligi bo‘yicha axborot berdi

✅ Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 20-Obikor saylov okrugidan saylangan deputat Salomov Xolmo'min Xasanovich 2026-yilning II yarim yilligi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan saylovchilari oldida axborot berib, hisobot davrida olib borilgan ishlar, hududiy o‘rganishlar va ilgari surilgan tashabbuslar haqida batafsil ma’lumot taqdim etdi.

✅Deputat tomonidan Bandixon tumanidagi “Obikor” mahallasida fuqarolar, mahalla faollari, “mahalla yettiligi” vakillari, hamda mutasaddi tashkilotlar ishtirokida ochiq muloqot va uchrashuvlar tashkil etildi. Uchrashuvlar davomida hududdagi mavjud muammolar, aholini qiynayotgan masalalar va ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

✅Ta’kidlanganidek, hisobot davrida deputat tomonidan Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi asosida hududiy o‘rganishlar amalga oshirildi. Jumladan, yoshlar bandligini ta’minlash, yoshlar yetakchilari faoliyati samaradorligini oshirish, aholiga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish, sport inshootlari va ta’lim muassasalari infratuzilmasini yaxshilash masalalari alohida nazoratga olindi.

✅Shuningdek, hokim yordamchilari tomonidan kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, ijtimoiy xodimlar faoliyati, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, mahalla xotin-qizlar faollari va soliq inspektorlari faoliyati samaradorligi yuzasidan o‘rganishlar olib borildi.

✅Hududlardagi ichki yo‘llar holati, tungi yoritish tizimi, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, kommunal xizmatlar sifati, elektr energiyasi, gaz, toza ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammolar ham deputatlik nazorati doirasida atroflicha o‘rganildi.

✅Deputat tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarga yaratilayotgan imkoniyatlar, hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurashish va aholi bandligi masalalari yuzasidan ham tizimli monitoring olib borildi.

✅Hisobot davomida Xolmo'min Salomov Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi sessiyalarida hamda tegishli doimiy komissiyalar faoliyatida faol ishtirok etib, aholi manfaatlarini himoya qilish, hududlarni kompleks rivojlantirish va mavjud muammolarni manzilli hal etishga qaratilgan qator tashabbuslarni ilgari surgani qayd etildi.

✅Uchrashuvlar yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar asosida mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, zarur hollarda deputatlik so‘rovlari yuborish hamda navbatdagi sessiyalarga kiritiladigan masalalarni joyiga chiqib o‘rganish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

✅Mazkur ochiq muloqotlar aholi bilan samarali aloqani mustahkamlash, hududiy muammolarni tizimli hal etish hamda deputatlik nazoratining amaliy samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Slide 1 of 3