35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT 55-MAKTABDAGI “BIRINCHI QO‘NG‘IROQ” TADBIRIDA ISHTIROK ETDI.
янв.21
“BIRINCHI QO‘NG‘IROQ” TADBIRLARI KO‘TARINKI RUHDA O‘TKAZILDI.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY SOHA OBYEKTINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATI.AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI.
янв.21
AHOLIGA O‘Z VAQTIDA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI O‘RGANILDI.
янв.21
MUSTAQILLIK BAYRAMI OLDIDAN PARKENT DEHQON BOZORIDA JAMOATCHILIK NAZORATI O‘TKAZILDI.
янв.21
AHOLI BANDLIGI VA DAROMADLARINI OSHIRISH MASALALARI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI.
янв.21
KENGASH DEPUTATLARI “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING 35 YILLIGI” ESDALIK NISHONI BILAN TAQDIRLANDI.
янв.21
KENGASH E’TIBORIDA: MEHR VA E’TIBOR — FARZANDLARIMIZ UCHUN.
#Deputatlik_nazorat #19_1_Modda_ijrosi #Hamkorlik_faoliyati #Kotibiyat_hududlarda #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari

Xalq deputatlari Shayxontohur tuman Kengashi deputati B.Boborajabov tomonidan "Xadra" mahalla fuqarolar yig'inida ijtimoiy-ma'naviy muhitni yaxshilash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo'llab-quvvatlash bo'yicha fuqarolar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda mahalla fuqarolar yig'ini raisi, mahalla faollari va fuqarolar ishtirok etib, asosiy faoliyatga oid 24 ta savolnoma bo'yicha mahalladagi ijtimoiy-ma'naviy vaziyat, aholi o'rtasida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni kuchaytirish, shuningdek kam ta'minlangan oilalar, nogironligi bo'lgan shaxslar, yolg'iz keksalar va ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa fuqarolarni qo'llab-quvvatlash masalalari batafsil muhokama qilindi.
Shuningdek, uchrashuv davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolardan birining turar-joyi eskirib, ta'mirtalab holatga kelgani yuzasidan murojaat bildirildi. Ko'tarilgan ushbu masala alohida e'tiborga olinib, fuqaroning uy-joy sharoitini o'rganish va uni ta'mirlash imkoniyatlarini ko'rib chiqish yuzasidan tegishli tashkilotlarga topshiriq berildi.
Uchrashuvda bildirilgan barcha murojaat va takliflar o'rganilib, tegishli mas'ul tashkilotlarga yo'naltirildi hamda ularning ijrosi deputat tomonidan shaxsan nazoratga olinishi ma'lum qilindi.

Slide 1 of 1