#Kotibiyat_mudiri_faoliyati
#24_masala
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan Boshcho‘rosh mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaroning ichki yo‘llarni ta’mirlash yuzasidan yo‘llagan murojaati o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahalladagi ichki yo‘llarning mavjud holati, yo‘l qoplamasining sifati hamda fuqarolar uchun yuzaga kelayotgan noqulayliklar aytib o'tildi.
Murojaatda ko‘rsatilgan muammolar atroflicha tahlil qilinib, ichki yo‘llarni ta’mirlash va obodonlashtirish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli taklif va tavsiyalar berish takidlandi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|