35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BEPUL BERILADIGAN DORILAR BILAN TA’MINLASH VA AHOLIGA O‘ZI VAQTIDA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” HAMKORLIGIDA HUDUDDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILDI.
янв.21
FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILIB, ULARNI BARTARAF ETISH CHORALARI BELGILANDI.
янв.21
MAHALLADAGI YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI, YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI.
янв.21
MAHALLA ICHKI KO‘CHA YO‘LLARI HOLATI, KO‘CHALARNI TUNDA YORITILISHI, O‘RGANILDI.
янв.21
MAHALLIY BUDJET, TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA IQTISODIY ISLOHOTLAR MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYANING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
NAVBATDAGI SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILAYOTGAN MASALALAR YUZASIDAN DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI.
янв.21
KENGASH ISH REJASI IJROSI DOIRASIDA MARKAZIY DEHQON BOZORIDA JAMOATCHILIK NAZORATI O‘TKAZILDI.
янв.21
AHOLIGA O‘Z VAQTIDA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
KENGASH ISH REJASI IJROSI DOIRASIDA CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH HOLATI VA SOHADAGI QONUNCHILIK IJROSI O‘RGANILDI.
FAVQULODDA VAZIYATLARNI OLDINI OLISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida aholi xavfsizligini ta’minlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish borasidagi ishlar muhokama qilindi.

Yig‘ilishni doimiy komissiya raisi X.Abdurahmonov olib bordi. Unda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov, ekspert-maslahat guruhi a’zolari Z.Yakubova, D.Sadikova hamda yoshlar maslahat guruhi a’zolari, kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova ishtirok etdilar.

Kun tartibidagi masala yuzasidan Marg‘ilon shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Ilxomxo‘ja Saidakbarovning hisoboti eshitildi.

Hisobotda 2026-yilning dastlabki 6 oyi va 7 oylik davrida shahar hududida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash, aholi va hududlarni muhofaza qilish borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.

Ta’kidlanganidek, hisobot davrida shaharda 3 ta favqulodda holat qayd etilib, ularning oqibatida 3 nafar fuqaro hayotdan ko‘z yumgan, 2 nafar fuqaro esa turli darajada tan jarohati olgan.

Ayniqsa, is gazidan zaharlanish va gaz-havo aralashmasining chaqnashi bilan bog‘liq holatlar jiddiy xavotir uyg‘otmoqda. Mazkur vaziyatlar aholi o‘rtasida xavfsizlik qoidalariga rioya etish bo‘yicha tushuntirish ishlarini kuchaytirish zarurligini ko‘rsatmoqda.

2026-yilning 7 oyi davomida shaharda 49 ta yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘inlar oqibatida 2 nafar fuqaro tan jarohati olgan, yetkazilgan moddiy zarar esa 547 million 368 ming so‘mni tashkil etgan.

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida shahar hududidagi obyektlarda muntazam tekshiruv va profilaktika tadbirlari o‘tkazilmoqda. Aholi xonadonlari, ko‘p qavatli uylar hamda tadbirkorlik subyektlarida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi yuzasidan tushuntirishlar berilmoqda.

Hisobot davrida 17 ming 684 nafar fuqaro bilan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borilgani ham qayd etildi.

Yig‘ilishda shahardagi mavjud xavf manbalari, jumladan, suv toshqini xavfi bo‘lishi mumkin bo‘lgan hududlar, gaz to‘ldirish va yonilg‘i quyish shoxobchalari, neft saqlash obyektlari hamda seysmik xavf masalalariga ham e’tibor qaratildi.

Doimiy komissiya a’zolari tomonidan hisobot yuzasidan fikr va takliflar bildirilib, favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va aholi xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 6