35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KENGASH RAISI “MAHALLA YETTILIGI” BILAN UCHRASHIB, KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH MASALALARINI MUHOKAMA QILDI.
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHI DOIMIY KOMISSIYASINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
HOKIM YORDAMCHILARI FAOLIYATI SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN MAKTAB SPORT ZALI VA SPORT ANJOMLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLIY BUDJET, TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA IQTISODIY ISLOHOTLAR MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYANING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI O‘RGANILDI.
янв.21
KENGASH RAISI TOMONIDAN PARKENT TUMANIDA GAZ TA’MINOTI HOLATI JAMOATCHILIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI.
янв.21
HUDUDDAGI KUTUBXONA FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY SOHA OBYEKTINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI.
MARMAR VA GRANIT ISHLAB CHIQARISH KORXONALARIDA O‘RGANISH OLIB BORILDI

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati A.Aminov shahardagi marmar va granit mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarda bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlari hamda korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish ishlari Milliy bank ATB rahbari Adizov Ziyodillo, Milliy bank ATB rahbari o‘rinbosari Shadiyev Navro'z hamda Tumar MFYga biriktirilgan Mahalla bankiri hamkorligida amalga oshirildi.

Tashrif davomida korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlari, mavjud imkoniyatlari, tadbirkorlarning muammolari va faoliyatni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, ishlab chiqarishni rivojlantirish, yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish hamda tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

Joyiga chiqib o‘rganish va tadbirkorlar bilan bevosita muloqot qilish — mavjud muammolarni aniqlash, ularning amaliy yechimini topish va ishlab chiqarishni rivojlantirishning muhim omilidir.

Slide 1 of 7