35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLADAGI YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN TADBIRLAR SAMARADORLIGI, YOSHLAR BANDLIGI O‘RGANILDI.
янв.21
AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH MASALALARI “MAHALLA YETTILIGI” BILAN MUHOKAMA QILINDI.
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI.
янв.21
BIRIKTIRILGAN TASHKILOT FAOLIYATI VA QONUN IJROSI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI.
янв.21
HOKIM YORDAMCHILARI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI, XUSUSAN AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA RAISI TOMONIDAN KENGASH ISH REJASI IJROSI DOIRASIDA DEHQON BOZORIDA JAMOATCHILIK NAZORATI O‘TKAZILDI.
янв.21
KENGASH ISH REJASI IJROSI DOIRASIDA CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH HOLATI VA “CHIQINDILAR TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
MAHALLALARDA AHOLI VA BOLALAR UCHUN SPORT INSHOOTLARI, UMUMTA’LIM MAKTABLARI SPORT ZALLARI VA ULARDAGI SPORT ANJOMLARI MAVJUDLIGI, ULARNING JIHOZLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KENGASH ISH REJASI IJROSI DOIRASIDA AHOLIGA O‘Z VAQTIDA VA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HOLATI HAMDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
HUDUDDAGI KUTUBXONALAR HOLATI O‘RGANILDI.
“Ochiq budjet” loyihalari doimiy komissiya muhokamasida

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishga doimiy komissiya raisi E.Yunusov raislik qildi. Unda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi raisi O.Axmatshayev, Kengash kotibiyati mudiri A.Ermatov, kotibiyat bosh mutaxassislari Z.Yakubova va N.Akbarova, Yoshlar maslahat guruhi a’zolari, Adliya bo‘limi boshlig‘i A.Ibragimov, Moliya bo‘limi mutaxassisi J. Shermatov, ekspertlar hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda mahalliy budjet mablag‘laridan samarali foydalanish, aholi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va hududlarda ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Kun tartibidagi asosiy masalalardan biri “Open Budget” (“Ochiq budjet”) loyihasining 2026-yil 1-mavsumi ijrosi bo‘ldi. Mazkur yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan mas’ul mutasaddilarning hisoboti tinglandi. Hisobotda mavsum doirasida g‘olib deb topilgan tashabbuslarning ijrosi, ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi hamda loyihalarni belgilangan muddatlarda amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, “Ochiq budjet”ning 2026-yil 2-mavsumida Marg‘ilon shahrida ilgari surilgan 98 ta loyihani saralash masalasi ham atroflicha ko‘rib chiqildi. Loyihalarning dolzarbligi, aholi uchun ijtimoiy ahamiyati, hudud infratuzilmasini yaxshilashga qo‘shadigan hissasi va amaliy jihatdan amalga oshirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi. Kun tartibidagi masala bo‘yicha Moliya bo‘limi mutaxassisi J.Shermatov hisobot berdi.

Muhokamalar davomida loyihalarni saralash va ijrosini tashkil etishda qonuniylik, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga rioya etish, fuqarolar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda budjet mablag‘laridan samarali foydalanishni ta’minlash muhimligi qayd etildi.

Doimiy komissiyaning mazkur yig‘ilishi mahalliy budjet mablag‘larining samaradorligini oshirish, aholi manfaatlariga xizmat qiluvchi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va deputatlik nazoratini kuchaytirish yo‘lidagi navbatdagi amaliy qadam bo‘ldi.

Slide 1 of 9