35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” HAMKORLIGI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILIB, AHOLIGA YARATILGAN QULAYLIKLAR KO‘ZADAN KECHIRILDI.
янв.21
“NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQLARI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI.
янв.21
YOSHLAR BANDLIGI VA ULAR UCHUN YARATILAYOTGAN IMKONIYATLAR O‘RGANILDI.
янв.21
PARKLAR VA XIYOBONLAR, BOG‘LARNING HOLATI. “YOSHLAR MARKAZI” QURILISHI JARAYONI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASIDAGI ISHLAR HAMDA YER KODEKSI IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
HUDUDDAGI INVESTITSIYALAR BO‘YICHA HOLAT, ISHLAB CHIQARISH VA BANDLIK FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR ICHKI YO‘LAKLARI (POD’EZDLARI), YERTO‘LALARI, ATROFIDAGI MAYDON TOZALIGI O‘RGANILDI.
янв.21
KENGASH RAISI FAXRIDDIN DADAMATOV TOMONIDAN “NOGIRONLIGI MAVJUD SHAXSLARGA DAVLAT TOMONIDAN BERILGAN IMTIYOZLARNING TO‘G‘RI QO‘LLANILISHI HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
KENGASH ISH REJASI IJROSI DOIRASIDA CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH HOLATI O‘RGANILDI.
OILA VA XOTIN-QIZLAR MASALALARI BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR DEPUTATLAR TOMONIDAN O‘RGANILMOQDA

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati #Sessiya_oldi_organish

❗️ OILA VA XOTIN-QIZLAR MASALALARI BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR DEPUTATLAR TOMONIDAN O‘RGANILMOQDA

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari tomonidan Oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha olib borilayotgan ishlar holatini o‘rganish ishlari olib borildi. Mazkur o‘rganish Toshkent shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan masalalarni sessiyaoldi tartibida joyiga chiqib o‘rganish doirasida tashkil etilib, deputatlar saylov okruglarida ijro organlari vakillari bilan birgalikda amalga oshirilayotgan ishlarning amaliy natijalari, mavjud muammolar va ularning yechimlarini tahlil qilmoqda.

📍 Dastlab deputatlar Yakkasaroy tumanida ajrimlarning oldini olishga qaratilgan Mediatsiya markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. O‘rganishda Toshkent shahar Kengashi deputatlari bilan birgalikda Yakkasaroy tumani hokimi o‘rinbosari D. Rasulmuhamedova hamda markaz direktori D. Kimsanova ishtirok etdi.

🤝 Ma’lum qilinishicha, Yakkasaroy tumani hokimligi hamda Toshkent mediatsiya markazi o‘rtasida 2025-yil dekabr oyida hamkorlik memorandumi imzolangan. Hamkorlik doirasida tumanda istiqomat qiluvchi aholi o‘rtasida yuzaga kelayotgan oilaviy, mulkiy, maishiy va boshqa ijtimoiy xarakterdagi nizolarni tartibli va xolis hal etishga ko‘maklashish maqsadida bepul mediatsiya xizmatlari tashkil etilgan.

👨‍👩‍👧‍👦 Xususan, mediatorlar ishtirokida nizoli hamda ajrim yoqasida turgan oilalar bilan suhbatlar va mediatsiya sessiyalari o‘tkazilib, taraflarni o‘zaro kelishtirish, oilaviy nizolarning oldini olish hamda oiladagi sog‘lom muhitni saqlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda. Shuningdek, aholi o‘rtasida mediatsiya bo‘yicha huquqiy madaniyatni oshirish, mediatorlar tomonidan o‘tkaziladigan sessiyalar sifatini monitoring qilish hamda “Pro bono” dasturi samaradorligini muntazam tahlil qilib borish ishlari yo‘lga qo‘yilgan.

⚖️ O‘rganish davomida deputatlar mas’ullarga xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga oid amaldagi qonunchilik va tegishli hukumat qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan qator savollar berdi. Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi 145-son qarori bilan belgilangan “Ayollar daftari” tizimi doirasida xotin-qizlarning muammolarini aniqlash va hal etish bosqichlari qanday monitoring qilinayotgani, ma’lumotlar bazasining o‘z vaqtida yangilanishi hamda aniqlangan muammolarning manzilli hal etilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

🔺 Shuningdek, deputatlar Oila va xotin-qizlar, bandlik, sog‘liqni saqlash, ichki ishlar hamda boshqa mas’ul tuzilmalar o‘rtasidagi hamkorlikning amaldagi holati, ularning vazifalari qay darajada o‘zaro muvofiqlashtirilgani va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan dasturlar ijrosida yagona monitoring tizimini yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan savollar berdi.

📁 O‘rganish davomida ko‘tarilgan masalalar, mas’ullarning javoblari hamda deputatlarning taklif va tavsiyalari umumlashtirilib, Toshkent shahar Kengashining navbatdagi sessiyasida muhokama qilinishi rejalashtirilayotgan masalalarni puxta tayyorlashda foydalaniladi.

🗣 Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda mavjud muammolarni manzilli hal etishga qaratilgan sessiyaoldi o‘rganish ishlari davom etmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10