Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi raisi M.Sulaymonov hamda tuman Kengashi deputati N.Turdiyev tomonidan Bo‘ston mahallasida olib borilgan o‘rganishlar davomida mahalla raisi T.Ro‘ziqulov tomonidan mavjud muammo va takliflar bildirildi.
Xususan, D-041 avtomobil yo‘lining Bo‘ston mahallasi aholi yashash punktidan o‘tuvchi qismida transport vositalarining yuqori tezlikda harakatlanayotgani qayd etildi.
Mazkur holat yo‘l-transport hodisalarining oldini olish va aholining xavfsizligini ta’minlash maqsadida ushbu hududga tezlikni cheklovchi yo‘l belgilarini hamda kuzatuv kameralarini o‘rnatish taklifi bildirildi. Mazkur masala deputatlar tomonidan nazoratga olindi.