35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MUSTAQILLIK BAYRAMI OLDIDAN PARKENT DEHQON BOZORIDA JAMOATCHILIK NAZORATI O‘TKAZILDI.
янв.21
AHOLI BANDLIGI VA DAROMADLARINI OSHIRISH MASALALARI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI.
янв.21
KENGASH DEPUTATLARI “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING 35 YILLIGI” ESDALIK NISHONI BILAN TAQDIRLANDI.
янв.21
KENGASH E’TIBORIDA: MEHR VA E’TIBOR — FARZANDLARIMIZ UCHUN.
янв.21
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARGA BERILAYOTGAN IMTIYOZLARDAN FOYDALANISH HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
HOKIM YORDAMCHILARI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI, XUSUSAN AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
BEPUL DORI VOSITALARI BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
KENGASH DEPUTATI, TUMAN HOKIMI ISHTIROKIDA YANGI OILAVIY POLIKLINIKA FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI.
янв.21
KENGASH ISH REJASI IJROSI DOIRASIDA MARKAZIY DEHQON BOZORIDA JAMOATCHILIK NAZORATI O‘TKAZILDI.
янв.21
AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI.MAHALLA MUAMMOLARI DEPUTAT NAZORATIDA.
19¹-modda.

 Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 13-"Qorliq" saylov okrugidan saylangan deputat Mengnarova Zarifa Toshpo‘latovna tomonidan saylov okrugida Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yil 5-martdagi
VII-16-13-8-108-K/26-son qarori ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati amalga oshirildi.
 

Mazkur qaror ijrosini ta’minlash hamda hududlarda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish ishlari holatini o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi kotibiyati mudiri M.Xujanov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Esanov ishtirokida "Qumpaykal" mahallasida
nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.
 

Tadbir davomida mahallada olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, ichki yo‘llarni asfaltlashtirish, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash hamda hududni yanada obod va zamonaviy qiyofa kasb ettirishga qaratilgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish hamda Kengash qarori ijrosini to‘liq ta’minlash yuzasidan mas’ul tashkilotlar rahbarlariga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Mazkur nazorat tadbiri hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarining samaradorligini oshirish, aholi uchun qulay infratuzilmani yaratish hamda Kengash qarorlari ijrosi ustidan ta’sirchan deputatlik nazoratini ta’minlashga xizmat qiladi.  

Slide 1 of 7