35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” HAMKORLIGI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILIB, AHOLIGA YARATILGAN QULAYLIKLAR KO‘ZADAN KECHIRILDI.
янв.21
“NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQLARI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI.
янв.21
YOSHLAR BANDLIGI VA ULAR UCHUN YARATILAYOTGAN IMKONIYATLAR O‘RGANILDI.
янв.21
PARKLAR VA XIYOBONLAR, BOG‘LARNING HOLATI. “YOSHLAR MARKAZI” QURILISHI JARAYONI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASIDAGI ISHLAR HAMDA YER KODEKSI IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
HUDUDDAGI INVESTITSIYALAR BO‘YICHA HOLAT, ISHLAB CHIQARISH VA BANDLIK FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR ICHKI YO‘LAKLARI (POD’EZDLARI), YERTO‘LALARI, ATROFIDAGI MAYDON TOZALIGI O‘RGANILDI.
янв.21
KENGASH RAISI FAXRIDDIN DADAMATOV TOMONIDAN “NOGIRONLIGI MAVJUD SHAXSLARGA DAVLAT TOMONIDAN BERILGAN IMTIYOZLARNING TO‘G‘RI QO‘LLANILISHI HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
KENGASH ISH REJASI IJROSI DOIRASIDA CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH HOLATI O‘RGANILDI.
Deputat Nigora Eshmetova maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi sharoitlarni joyiga chiqib o‘rgandi

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

🏫 Deputat Nigora Eshmetova maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi sharoitlarni joyiga chiqib o‘rgandi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Nigora Eshmetova tomonidan mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari doirasida Yunusobod tumanidagi 424-sonli hamda 414-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moddiy-texnik bazasi, bolalar uchun yaratilgan sharoitlar hamda ta’lim sifati joyiga chiqib o‘rganildi.

🔍 O‘rganish davomida muassasalarning bino-inshootlari, guruh xonalari, oshxona, bolalar maydonchalari, xavfsizlik talablari hamda pedagog kadrlar bilan ta’minlanganlik holati atroflicha tahlil qilindi.

✅ 424-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida muassasaning umumiy moddiy-texnik holati hamda oshxonasi talab darajasida ekani qayd etildi. Shu bilan birga, bolalarning ochiq havoda xavfsiz va qulay dam olishi uchun mo‘ljallangan besedkalarni zamonaviy talablar asosida yangilash zarurligi aniqlandi. Mazkur masala muassasa rahbariyati hamda ota-onalar tomonidan ham ko‘tarildi.

🔺 Shuningdek, ushbu muassasada tarbiyachilar yetishmovchiligi mavjudligi, buning asosiy sabablaridan biri sifatida soha xodimlarining ish haqi miqdori pastligi qayd etildi.

💡 414-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti yaqinda kapital ta’mirdan chiqarilgani, bolalar uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgani e’tirof etildi. Biroq, muassasada bo‘sh ish o‘rinlari ko‘pligi, mutaxassislar oqimi va kadrlar qo‘nimsizligi ta’lim jarayonining barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani ma’lum bo‘ldi.

📉 O‘rganish yakunlari bo‘yicha Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Nigora Eshmetova tomonidan qator amaliy takliflar ilgari surildi. Jumladan, 424-sonli DMTT hududidagi besedkalarni yangilash ishlarini tumanning manzilli dasturiga kiritish, har ikki muassasadagi kadrlar yetishmovchiligini bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari orqali malakali mutaxassislarni jalb etish hisobiga bartaraf etish hamda xodimlarning sohada uzoq muddat faoliyat yuritishini rag‘batlantirish maqsadida qonunchilik doirasida imtiyozli jamg‘armalar va boshqa manbalar hisobidan moddiy rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar bildirildi.

🤝 Deputat ta’lim muassasalarida bolalar uchun xavfsiz va zamonaviy sharoit yaratish, pedagog kadrlar salohiyatini mustahkamlash hamda maktabgacha ta’lim sifatini yanada oshirish mahalliy Kengash deputatlarining ustuvor vazifalaridan biri ekanini ta’kidlab, ko‘tarilgan masalalar ijrosini deputatlik nazoratiga olishini ma’lum qildi.

🗣 Bunday joyiga chiqib o‘rganishlar maktabgacha ta’lim tizimidagi mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, ularni manzilli hal etish hamda bolajonlar uchun yanada qulay va xavfsiz ta’lim muhitini yaratishga xizmat qilmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10