Olmaliq shahar “Kimyogar” mahallasida xotin-qizlar faolining 2026-yilning oʻtgan 5 oyi davomida amalga oshirgan ishlari samaradorligi va natijadorligi atroflicha oʻrganildi.
Mazkur jarayon Xalq deputatlari shahar kengashining 19-okrug deputati Sevar Qodirova hamda bosh mutaxassis Mukarram Nematullayeva tomonidan olib borildi.
Jarayonda:
👩💼Mahalladagi ishsiz xotin-qizlarning bandligini oshirish, ularni tadbirkorlikka va hunarmandchilikka jalb etish borasidagi choralar;
🤝Ehtiyojmand va koʻmakka muhtoj ayollarga koʻrsatilgan moddiy hamda maʼnaviy yordamlar holati;
🧠Oilaviy munosabatlarni mustahkamlash va xotin-qizlarga manzilli psixologik maslahatlar berish tizimining samarasi.
Tahlillar yakunida mahallada xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish va aniqlangan masalalarni samarali hal etish boʻyicha istiqboldagi vazifalar belgilab olindi.