35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATNING AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOTLARI DAVOM ETMOQDA: KO‘P QAVATLI UYLAR ATROFIDAGI TOZALIK, YORITISH TIZIMI VA HUDUD OBODONCHILIGI HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
AHOLI MUROJAATI ASOSIDA MUAMMO JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI.
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI MARKAZIDA AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR SIFATI O‘RGANILDI.
янв.21
MAHALLALARDA SPORT INSHOOTLARI VA UMUMTA’LIM MAKTABLARIDAGI SPORT ZALLARINING HOLATI O‘RGANILMOQDA.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHINING KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYASINING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
TEMIR YO‘L ATROFIDAGI HUDUDLARDA OBODONLASHTIRISH VA OZODALIK HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
GEOGRAFIK OBYEKTLARNI NOMLASH VA QAYTA NOMLASH HAMDA DAVLAT TILI TO‘G‘RISIDAGI QONUNLAR IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILARIGA O‘Z FAOLIYATI YUZASIDAN AXBOROT BERDI.
янв.21
DEPUTATNING AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOTLARI DAVOM ETMOQDA. MAHALLA ICHKI KO‘CHA YO‘LLARI HOLATI VA HUDUD OBODONCHILIGI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA HOKIM YORDAMCHILARI FAOLIYATI SAMARADORLIGI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#24_ta_masala

Navbahor mahallasida huquqbuzarliklar profilaktikasi o‘rganildi

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi tomonidan Oliy Majlis Senati tavsiyasiga muvofiq mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida joylarda o‘rganish va nazorat-tahlil tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.

✅Shu maqsadda Xalq deputatlari Bandixon tumani deputat K.Amanqulovga biriktirilgan tuman Kengashi kotibiyat xodimi E.Eshonqulov tumandagi “Navbahor'” mahallasiga tashrif buyurib, huquqbuzarliklar profilaktikasi ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

✅Xususan, huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning oldini olish, ayniqsa “qizil” va “sariq” toifadagi hududlarda jinoyatchilikni kamaytirish yuzasidan profilaktika inspektori, mahalla faollari hamda mutasaddi tashkilotlar tomonidan olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

✅Mas’ullar bilan o‘tkazilgan suhbatlarda huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlar bilan manzilli ishlash, ijtimoiy muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda aholini tadbirkorlikka keng jalb etish orqali jinoyatchilik omillarini kamaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✅O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, mavjud muammolarni bartaraf etish va qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar belgilab olindi.

Slide 1 of 2