35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA HOKIM YORDAMCHILARI FAOLIYATI SAMARADORLIGI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA MAHALLA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA AHOLI BANDLIGI MASALALARI O‘RGANILDI.
янв.21
AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI FAOLIYATI VA QONUN IJROSI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI.
янв.21
PARKLAR VA XIYOBONLAR, BOG‘LARNING HOLATI. “YOSHLAR MARKAZI” QURILISHI JARAYONI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY SOHA OBYEKTINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
AHOLIGA O‘Z VAQTIDA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
DEHQON BOZORLARIDA JAMOATCHILIK NAZORATI O‘TKAZILDI.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHI DOIMIY KOMISSIYASINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
DEPUTATNING FUQAROLAR BILAN UCHRASHUVIDA MUAMMOLAR MUHOKAMA QILINDI.
Deputatlik nazorati doirasida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi

Deputatlik nazorati doirasida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan deputatlik nazorati doirasida navbatdagi amaliy ishlar amalga oshirildi.

O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunining 19¹-moddasi 4-bandiga muvofiq, deputat tegishli hududdagi davlat organlari va tashkilotlari hamda mansabdor shaxslardan zarur ma'lumotlar, ekspert xulosalari va boshqa axborotlarni talab qilib olish vakolatiga ega.

Mazkur vakolatdan kelib chiqib, mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan ajratilgan mablag‘lardan foydalanish holatini o‘rganish hamda ularning maqsadli va samarali sarflanishi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish maqsadida tuman Moliya bo‘limiga rasmiy so‘rov xati yuborildi.