35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA HOKIM YORDAMCHILARI FAOLIYATI SAMARADORLIGI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA MAHALLA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA AHOLI BANDLIGI MASALALARI O‘RGANILDI.
янв.21
AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI FAOLIYATI VA QONUN IJROSI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI.
янв.21
PARKLAR VA XIYOBONLAR, BOG‘LARNING HOLATI. “YOSHLAR MARKAZI” QURILISHI JARAYONI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY SOHA OBYEKTINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
AHOLIGA O‘Z VAQTIDA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
DEHQON BOZORLARIDA JAMOATCHILIK NAZORATI O‘TKAZILDI.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHI DOIMIY KOMISSIYASINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
DEPUTATNING FUQAROLAR BILAN UCHRASHUVIDA MUAMMOLAR MUHOKAMA QILINDI.
Tuman hokimining deputatlik faoliyati

Muzrabot tumanida imkoniyati cheklangan bolalar uchun kunduzgi parvarish maskani foydalanishga topshirildi

Muzrabot tumani "Shaffof" mahallasida joylashgan "Aqilvoy Baby" MCHJ tomonidan 36 o‘rinli, imkoniyati cheklangan bolalar uchun mo‘ljallangan kunduzgi parvarish maskani tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.

Shodlik istirohat bog‘i hududida tashkil etilgan mazkur maskanning ochilish marosimida Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 21-«Guliston» saylov okrugidan saylangan deputat, tuman hokimi Abdulla Mamatqulov, tuman prokurori Baxtiyor Berdimuratov, tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i G‘olib Badalov, tuman Kengashi deputatlari, nuroniylar, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, mahalla faollari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirni tuman hokimi, tuman Kengashi deputati Abdulla Mamatqulov ochib berar ekan, mamlakatimizda Muhtaram Prezidentimiz rahnamoligida yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa, alohida e’tibor va g‘amxo‘rlikka muhtoj bo‘lgan bolalar uchun munosib sharoitlar yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi. Shuningdek, tumanda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, ta’lim va tarbiya tizimini rivojlantirish borasidagi islohotlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Shundan so‘ng ramziy lenta kesilib, yangi maskan rasman foydalanishga topshirildi. Mehmonlar bog‘chada bolajonlarning ta’lim olishi, dam olishi va sog‘lom rivojlanishi uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Xonalar zamonaviy jihozlar, didaktik vositalar va bolalarning ehtiyojlaridan kelib chiqib yaratilgan qulay infratuzilma bilan ta’minlangani alohida e’tirof etildi.

Tadbir davomida imkoniyati cheklangan bolajonlarga esdalik sovg‘alari topshirilib, ularning quvonchiga quvonch qo‘shildi. Tuman Kengashi deputatlari, nuroniylar va jamoatchilik vakillari ham yaratilgan sharoitlarni yuksak baholab, bunday ezgu tashabbus bolalarning kelajagi uchun muhim qadam ekanini ta’kidladilar.

Tantanali marosim yakunida mehmonlar uchun dasturxon yozilib, o‘zbekona mehmondo‘stlik ruhida osh tortildi. Tadbir samimiy suhbatlar, ezgu tilaklar va duolar bilan yakunlandi.

Slide 1 of 8