35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASIDAGI ISHLAR HAMDA YER KODEKSI IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
HUDUDDAGI INVESTITSIYALAR BO‘YICHA HOLAT, ISHLAB CHIQARISH VA BANDLIK FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR ICHKI YO‘LAKLARI (POD’EZDLARI), YERTO‘LALARI, ATROFIDAGI MAYDON TOZALIGI O‘RGANILDI.
янв.21
KENGASH RAISI FAXRIDDIN DADAMATOV TOMONIDAN “NOGIRONLIGI MAVJUD SHAXSLARGA DAVLAT TOMONIDAN BERILGAN IMTIYOZLARNING TO‘G‘RI QO‘LLANILISHI HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
KENGASH ISH REJASI IJROSI DOIRASIDA CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY SOHA OBYEKTINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
MAHALLA ICHKI KO‘CHA YO‘LLARI HOLATI. AHOLI BILAN MULOQOTDA HUDUDDAGI MUAMMOLAR MUHOKAMA QILINDI.
янв.21
HOKIM YORDAMCHILARI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI, XUSUSAN AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI.
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilind

#dayjest #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

🇺🇿 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi haftalik ish rejasi doirasida deputatlar tomonidan hududlarda tizimli o‘rganish ishlari, aholi bilan uchrashuvlar hamda muhim tashkiliy tadbirlar izchil davom ettirilmoqda. Ushbu faoliyatlar joylardagi dolzarb masalalarni aniqlash, ularni manzilli hal etish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan.

🗓 27-iyul, dushanba kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Frangiza Akarmova tomonidan Olmazor tumanining 11-Moyqo'rg'on saylov okrugidagi 22-DMTTda Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida o‘rganish ishlari olib boriladi.
🔍 Mas’ul: D. Ravshanbekov

🗓 28-iyul, seshanba kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Aziz Ibragimov tomonidan 31-Olim Xojayev saylov okrugida fuqarolar murojaati asosida jamoat tranporti bilan bog'liq muammoli masalalar hamda 2026-yilning ikkinchi choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan saylovchilari oldida axborot berib, hisobot davrida bajarilgan ishlar, ilgari surilgan tashabbuslar hamda mahallalarda Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida hududlarda o‘rganish ishlari olib boriladi.
🔍 Mas’ul: M.Yusupuv

🗓 29-iyul, chorshanba kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Inomjon Majidov 48-Behizor okrugidagi Behizor mahallasida eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida hududlarda o‘rganish ishlari olib boriladi.
🔍 Mas’ul: D.Xashimov

🗓 30-iyul, payshanba kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari tomonidan Olmazor hamda Sergeli tumanlarida Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida hududlarda o‘rganish ishlari olib boriladi.
🔍 Mas’ul: S. Irgashev

🗓 31-iyul, juma kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari tomonidan Yunusobod hamda Yashnobod tumanlarida Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida hududlarda o‘rganish ishlari olib boriladi.
🔍 Mas’ul: D. Xashimov

💡 O‘rganishlar davomida aniqlangan muammolar yuzasidan deputatlar tomonidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilib, ularning ijrosi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatiladi. Olingan natijalar tahlil qilinib, kelgusi haftaning ustuvor vazifalari shakllantiriladi.

🔍 Mazkur vazifalarning o‘z vaqtida va samarali ijrosini ta’minlash Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati xodimlari tomonidan doimiy nazoratga olingan.

📌 Hududlarda olib borilayotgan tizimli ishlar orqali aholining muammolarini hal etish, ochiq muloqotni ta’minlash hamda samarali deputatlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1