35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
HUDUDDAGI JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASH HOLATI, AYNIQSA QIZIL VA SARIQ HUDUDLARDA JINOYATCHILIKNI BARTARAF QILISH BO‘YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY SOHA OBYEKTINING KUZ-QISH MAVSUMIGA VA YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
MAHALLADAGI YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN TADBIRLAR SAMARADORLIGI, YOSHLAR BANDLIGI O‘RGANILDI.
янв.21
MAHALLADAGI SOLIQ INSPEKTORI TOMONIDAN UNGA YUKLATILGAN MASALALARNI AMALGA OSHIRILISHI HOLATI BO‘YICHA JAMOATCHILIK NAZORATI O‘TKAZILDI.
янв.21
“NOGIRONLIGI MAVJUD SHAXSLARGA DAVLAT TOMONIDAN BERILGAN IMTIYOZLARNING TO‘G‘RI QO‘LLANILISHI HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM TOMONIDAN AHOLINING IJTIMOIY EHTIYOJMAND TOIFALARIGA KO‘RSATILADIGAN XIZMATNI SIFATLI TASHKIL ETILISHI HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH HOLATI.
янв.21
BEPUL DORI VOSITALARI BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
AHOLIGA O‘Z VAQTIDA VA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HAMDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI XIZMATI SIFATI VA TIRBANDLIKLARNING OLDINI OLISH MASALALARI O‘RGANILDI.
Qoqsoy mahallasida suv resurslaridan oqilona foydalanish masalasi o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqiladigan masalalar yuzasidan deputatlar tomonidan hududlarda amaliy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, “O‘zbekiston–2030” strategiyasining suv resurslaridan oqilona foydalanish yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda tumanda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish holati” yuzasidan Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati S. Djumanova tomonidan Qoqsoy mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

Mazkur o‘rganish doirasida deputat mahallaning 17 ta ko‘chasidan birida uchrashuv tashkil etib, ko‘chaboshi M. Xudayarov, boshqa ko‘chaboshilar bilan muloqot o‘tkazdi.

💧 Uchrashuv davomida hududda suv resurslaridan samarali foydalanish, sug‘orish tizimining holati, suv taqsimoti, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish imkoniyatlari mavjud muammolar atroflicha muhokama qilindi.