35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATNING AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOTLARI DAVOM ETMOQDA: KO‘P QAVATLI UYLAR ATROFIDAGI TOZALIK, YORITISH TIZIMI VA HUDUD OBODONCHILIGI HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
AHOLI MUROJAATI ASOSIDA MUAMMO JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI.
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI MARKAZIDA AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR SIFATI O‘RGANILDI.
янв.21
MAHALLALARDA SPORT INSHOOTLARI VA UMUMTA’LIM MAKTABLARIDAGI SPORT ZALLARINING HOLATI O‘RGANILMOQDA.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHINING KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYASINING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
TEMIR YO‘L ATROFIDAGI HUDUDLARDA OBODONLASHTIRISH VA OZODALIK HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
GEOGRAFIK OBYEKTLARNI NOMLASH VA QAYTA NOMLASH HAMDA DAVLAT TILI TO‘G‘RISIDAGI QONUNLAR IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILARIGA O‘Z FAOLIYATI YUZASIDAN AXBOROT BERDI.
янв.21
DEPUTATNING AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOTLARI DAVOM ETMOQDA. MAHALLA ICHKI KO‘CHA YO‘LLARI HOLATI VA HUDUD OBODONCHILIGI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA HOKIM YORDAMCHILARI FAOLIYATI SAMARADORLIGI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
DEPUTAT SAYLOVCHILAR OLDIDA AXBOROT BERDI
Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning fikr va takliflarini tinglash hamda deputatlik faoliyati yuzasidan muntazam axborot berish — xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarining muhim vazifalaridan biridir.

O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq tasdiqlangan reja-jadval asosida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 9-Vatan saylov okrugi deputati M.Mirzayev saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi hamda 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan faoliyati yuzasidan axborot berdi.

Uchrashuvda mahalla yettiligi, ko‘cha boshilari, shahar kommunal xizmatlari mutasaddilari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Deputat kotibiyat tomonidan tayyorlangan tahliliy ma’lumotlarga tayangan holda shahar, xususan saylov okrugi hududida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar, bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, infratuzilmani yaxshilash borasidagi chora-tadbirlar hamda saylov okrugida 2026-yilning birinchi yarim yilligida bajarilgan ishlar haqida batafsil axborot berdi.

Shuningdek, deputat nazoratida fuqarolar murojaatlari asosida hal etilgan masalalar, hududda olib borilgan o‘rganishlar natijasida amalga oshirilgan amaliy ishlar hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar haqida ham yig‘ilish ishtirokchilariga ma’lumot berildi.

Uchrashuv davomida saylovchilar o‘zlarini qiziqtirayotgan masalalar yuzasidan faol fikr bildirdilar. Xususan, suyultirilgan gaz ta’minotidagi uzilishlar va yetkazib berishdagi kechikishlar, shuningdek, hududdagi boshqa dolzarb muammolar ko‘tarildi. Mazkur murojaatlar tegishli soha mutasaddilari ishtirokida joyida muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi hamda ijrosi deputat nazoratiga olindi.

Yakunda saylovchilar tomonidan bildirilgan barcha murojaat va takliflar deputatning ko‘cha aylanish daftariga qayd etildi. Ularni bosqichma-bosqich hal etish maqsadida mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Bunday ochiq muloqotlar deputatlarning saylovchilar oldidagi hisobdorligini ta’minlash, fuqarolarning davlat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish hamda hududlarda mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlab, ularning yechimini topishga xizmat qilmoqda.
Slide 1 of 7