35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT MAHALLADA: AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI.
янв.21
FUQAROLAR MUAMMOLARI DEPUTAT E’TIBORIDA.
янв.21
AHOLI MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA MUROJAATLAR BILAN ISHLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI.
янв.21
FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILIB, ULARNI BARTARAF ETISH CHORALARI BELGILANDI.
янв.21
AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTAT MAHALLADA.AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQD.
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN “TASHABBUSLI BUDJET” LOYIHASI IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
MANZILLI DASTUR IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA.
янв.21
HUDUDDA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATI – NATIJALAR RAQAMLARDA.
Ko‘chama-ko‘cha aylanish — muammolarni joyida o‘rganishning eng samarali yo‘li

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri, 24-Gulshan saylov okrugi deputati Masharipov Izzat Masharipovich, kotibiyat bosh mutaxassisi Ruzmetov Umrbek Shavkatovich hamda 19-Eshon qal’a saylov okrugi deputati Shodonova Dilorom Qadamovna o‘z saylov okruglarida mahalla yettiligi vakillari bilan birgalikda xonadonma-xonadon yurib, fuqarolar bilan ochiq muloqot olib bordilar.
O‘rganishlar davomida aholini qiynayotgan dolzarb masalalar, jumladan, ichimlik suvi, elektr ta’minoti, yo‘l infratuzilmasi, obodonlashtirish, bandlik va ijtimoiy himoya yo‘nalishlariga oid murojaatlar tinglanib, har bir masala atroflicha o‘rganildi. Murojaatlar tegishliligi bo‘yicha qayd etilib, ularni qonunchilik doirasida hal etish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar va vazifalar belgilandi.
Xususan, Arbek mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro B. Norbayevning xonadoni o‘rganildi. Suhbat davomida fuqaroning yakka o‘zi istiqomat qilayotgani hamda ijtimoiy ahvoli murakkab ekani aniqlandi. Holatni inobatga olgan holda, mahalla yettiligi tomonidan fuqaroga huquqiy va ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatildi hamda uning mavjud muammolarini bosqichma-bosqich bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.
Bunday xonadonbay o‘rganishlar aholining muammolarini joyida aniqlash, ularning fikr va takliflarini bevosita eshitish hamda amaliy yechimlar ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning murojaatlariga o‘z vaqtida yechim topish va xalq manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan bunday uchrashuvlar kelgusida ham tizimli ravishda davom ettiriladi.

Slide 1 of 6