Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLAR TOMONIDAN “GULBOG‘” MFYDA QURILADIGAN KO‘P QAVATLI UYLAR YUZASIDAN AHOLI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI.
янв.21
“KEKSALAR, NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR VA AHOLINING BOSHQA IJTIMOIY EHTIYOJMAND TOIFALARI UCHUN IJTIMOIY XIZMATLAR TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI.
янв.21
VILOYAT VA TUMAN KENGASHI DEPUTATLARI HAMKORLIGIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI.
янв.21
BIRIKTIRILGAN TASHKILOT VAKILI BILAN DEPUTAT HAMKORLIKDA FUQARO MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI.
янв.21
MANZILLI DASTUR IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA.
янв.21
AHOLI VA BOLALARNING SPORT BILAN SHUG‘ULLANISHI UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHINING KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYASINING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
DEPUTAT VA MAHALLA YETTILIGI HAMKORLIGI. MAHALLA RAISI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
MAHALLADAGI YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN TADBIRLAR SAMARADORLIGI, YOSHLAR BANDLIGI O‘RGANILDI.
янв.21
“REKLAMA TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI.
Muammo joyiga chiqib o‘rganildi

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 4-Matqulobod saylov okrugi deputati G.Usmonova, Kengash kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Ismoilovlar tomonidan Matqulobod mahalla fuqarolar yig‘inining Yuksak ko‘chasida joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

🔍 O‘rganish davomida Yuksak ko‘chasi orqali oqib o‘tuvchi zovur bir necha yillardan buyon tozalanmaganligi aniqlandi. Natijada zovurda suvning erkin oqimi cheklanib, suv to‘planishi kuzatilayotgani hamda yondosh xonadonlar tomorqalarida zax hosil bo‘layotgani ma’lum bo‘ldi. Ushbu holat dehqonchilik ishlariga salbiy ta’sir ko‘rsatib, ekinlar hosildorligi va yer unumdorligining pasayishiga sabab bo‘layotgani qayd etildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan muammo deputatning “Ko‘chama-ko‘cha yurish” daftariga belgilangan tartibda qayd etildi.

Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida mas’ul tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborilishi hamda masalaning ijrosi deputat nazoratiga olinishi belgilandi.

Slide 1 of 5