O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga
qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–209-son Farmoni ijrosi doirasida mahallaning jamiyat hayotidagi o‘rnini mustahkamlash hamda “Mahalla yettiligi” faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan navbatdagi deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 6–Quyosh saylov okrugidan saylangan deputat Salimboyev Xasan Dilmurodovich tomonidan “Quyosh” mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning ish faoliyati hamda aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganildi.Nazorat tadbiri davomida deputat mahallada faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodim Nortoyeva Dinaraning ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Xususan, yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, alohida ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolar hamda kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish va manzilli yordam yetkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.O‘rganish jarayonida “Quyosh” MFY hududida 114 nafar nogironligi bo‘lgan fuqaro, 15 nafar alohida ijtimoiy ko‘makka muhtoj shaxs, 9 ta kambag‘allik chegarasidagi hamda 20 ta kambag‘al oila mavjudligi qayd etildi.Shuningdek, 2026-yil davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj 16 ta oilaga oziq-ovqat maxsulotlari, 4 nafar fuqaro protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta’minlangani, 5 nafar mehnatga layoqatli nogironligi bo‘lgan shaxs doimiy ish bilan band etilgani ma’lum qilindi.O‘rganish davomida ijtimoiy xodim tomonidan mahalla hududida mavjud ayrim ijtimoiy muammolar va aholini qiynayotgan dolzarb masalalar deputat e’tiboriga yetkazildi. Xususan, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash hamda infratuzilmaga oid ayrim masalalar yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.Deputat tomonidan bildirilgan muammolar atroflicha o‘rganilib, ularni bosqichma-bosqich hal etish maqsadida hududdagi muammolarni qayd etish daftariga kiritildi. Shuningdek, mazkur masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish hamda ularning ijrosi ustidan deputatlik nazoratini davom ettirish belgilandi.