Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat Bekimbetova Sayyara Seytimovna Taxiatosh tumani Madaniyat bo‘limiga qarashli 32-sonli madaniyat markazi faoliyati bilan tanishdi.
🎭 O‘rganish davomida madaniyat markazida mavjud cholg‘u asboblarining texnik holati va yetarliligi, xoreografiya (raqs mashg‘ulotlari) zali uchun yaratilgan sharoitlar hamda kutubxona faoliyati va xodimlar uchun yaratilgan ish sharoitlari ko‘zdan kechirildi.
🤝 Tashrif yakunida aniqlangan kamchiliklarni bosqichma-bosqich bartaraf etish, madaniyat maskanining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan madaniy xizmatlar sifatini yanada oshirish yuzasidan hamkorlikda ishlashga kelishib olindi.