Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining “Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.
🌿 Yig‘ilishda Taxiatosh tumani hokimligi Qurilish bo‘limi bosh mutaxassisi S.Madaminov tomonidan Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining 2025-yil 1-martdagi VII-12-83-13-215-K/25-sonli qarori ilovasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan kiritilgan takliflar ko‘rib chiqildi.
🏗 Mazkur takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi O‘RQ-937-sonli Qonuni ijrosini hududda samarali ta’minlash hamda o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va ularda qurilgan bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish bilan bog‘liq masalalarni tartibga solishga qaratilgani ta’kidlandi.
📝 Muhokamalar yakunida masala yuzasidan tegishli tavsiya va xulosalar ishlab chiqilib, doimiy komissiyaning tegishli qarori qabul qilindi.