Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi raisi B.Ochilov tomonidan Qushchinor MFYDA aholi murojaatlari yuzasidan sayyor uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, kommunal xizmatlar, infratuzilmani yaxshilash hamda kundalik hayotda uchrayotgan muammolar tinglandi.
Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, ularni qonunchilik doirasida hal etish bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Bunday ochiq muloqotlar aholini qiynayotgan muammolarni joyida aniqlash, ularning yechimiga amaliy yordam ko‘rsatish hamda xalq bilan davlat organlari o‘rtasidagi ishonchli muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Xalq dardi bilan yashash, murojaatlarga befarq bo‘lmaslik va har bir fuqaroning ovozini eshitish — deputatlik faoliyatining muhim mezonidir.