2026-yil 6-iyul kuni “Bo‘stonliq-Press” telegram kanali орқали “Qo‘shqo‘rg‘on” mahallasi Fayzbaraka ko‘chasi, 21-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Rahmatullayeva Dilfuza Ergashovna томонидан билдирилган murojaat xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Sadirov hamda 2-“Qo‘shqo‘rg‘on” okrugidan saylangan deputat O.Babayev tomonlaridan joyiga chiqqan holda o‘rganildi. O‘rganish davomida murojaatchining turmush o‘rtog‘i bilan suhbatlashilib, muammoga aniqlik kiritildi.
🔺“Openbudjet” loyihasining 2025-yilning ikkinchi mavsumida g‘olib deb topilgan mahallaning Fayzbaraka ko‘chasini asfaltlashtirish ishlari to‘xtab qolganligi bo‘yicha bildirilgan murojaat yuzasidan Toshkent viloyati Mintaqaviy yoʻllarga buyurtmachi xizmati mas’ullari bilan bog‘lanilib, vaziyatlar tushuntirildi. Mahallaning Fayzbaraka ko‘chasini asfaltlashtirish ishlari 2026-yil 7-iyul kuni davom ettirilishi belgilandi.
🔺Mazkur masala халқ deputatlar туман Kengashi tomonidan nazoratga olindi.