Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Ashurov Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasining kiberjinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimi ishtirokida kiberjinoyatchilikning bugungi kundagi eng keng tarqalgan turlari, jumladan internet firibgarligi, bank plastik kartalari bilan bog‘liq noqonuniy harakatlar, fishing havolalari, soxta veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar orqali amalga oshirilayotgan aldov sxemalari hamda shaxsiy ma’lumotlarni qo‘lga kiritish usullari haqida davra subati oʻtkazdi.
🔺Mutaxassis tomonidan elektron to‘lovlarni amalga oshirishda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish, bank kartasi ma’lumotlari, SMS-kodlar, PIN-kod va bir martalik tasdiqlash kodlarini hech kimga bermaslik, shubhali havolalarga o‘tmaslik hamda noma’lum manbalardan kelgan xabarlarga ishonmaslik yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi. Shuningdek, kiberjinoyatchilar tomonidan qo‘llanilayotgan yangi usullar hayotiy misollar asosida tushuntirildi.
🔺Deputat o‘z so‘zida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishda har bir davlat xizmatchisining huquqiy savodxonligi, axborot xavfsizligi madaniyati va shaxsiy mas’uliyati muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, xizmat faoliyatida axborot tizimlaridan foydalanishda xavfsizlik talablariga qat’iy amal qilish, xizmatga oid ma’lumotlarni muhofaza qilish hamda fuqarolar o‘rtasida kiberxavfsizlik madaniyatini keng targ‘ib etish zarurligi qayd etildi.