Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN MAHALLADA XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH YO‘NALISHIDAGI FAOLIYAT O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLAR TOMONIDAN BIRIKTIRILGAN TASHKILOT FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
FUQARO MUROJAATI DEPUTATLAR NAZORATIDA. MUROJAAT JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASIDAGI ISHLAR VA QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHILARI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI, XUSUSAN AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
HOKIM YORDAMCHILARI FAOLIYATI SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI DEPUTATNING NAZORAT DAFTARIGA KIRITILDI.
янв.21
HUDUDDAGI INVESTITSIYALAR BO‘YICHA HOLAT. XALQARO HAMKORLIK: O‘ZBEKISTON–XITOY
янв.21
TUMAN KENGASHI RAISI FAXRIDDIN DADAMATOV RAHBARLIGIDA PARKENT TUMANIDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI.
Buxoroda mahalliy Kengashlar hamkorligiga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi

 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlarining Buxoro viloyatiga amaliy safari doirasida tajriba almashinuv tadbiri tashkil etildi 

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlaridan iborat delegatsiyaning tajriba almashish maqsadida Buxoro viloyatiga amalga oshirgan safari doirasida Buxoro viloyati hokimligi bazasida tashkil etilgan zamonaviy Boshqaruv markazi (Situatsion markaz) faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Safar davomida mehmonlarga markazning asosiy vazifalari, raqamli boshqaruv tizimlari, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish koʻrsatkichlarini onlayn monitoring qilish imkoniyatlari, aholi murojaatlarini tahlil qilish va ijrosini nazorat qilish mexanizmlari hamda tezkor boshqaruv qarorlarini qabul qilishda qoʻllanilayotgan innovatsion yondashuvlar haqida batafsil maʼlumot berildi.  

Shuningdek, markazda joriy etilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ularning davlat boshqaruvidagi ahamiyati yuzasidan taqdimot oʻtkazildi. 

Shundan soʻng Buxoro viloyati hokimligida davra suhbati tashkil etildi. Unda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining vakolatlari, deputatlik nazorati samaradorligini oshirish, hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning ijrosini taʼminlash, aholi muammolarini hal etishda davlat organlari va deputatlik korpusi oʻrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. 

Davra suhbati ochiq muloqot va oʻzaro tajriba almashish ruhida oʻtdi. Ishtirokchilar tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini takomillashtirish, raqamlashtirish jarayonlarini kengaytirish hamda aholi bilan muloqotning samarali mexanizmlarini joriy etish boʻyicha taklif va mulohazalar bildirildi. 

Tadbir yakunida mehmonlarga xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining esdalik sovgʻalari tantanali ravishda topshirildi. Shuningdek, ikki hudud vakillari kelgusida ham oʻzaro hamkorlikni kengaytirish, ilgʻor tajribalarni almashish va mahalliy Kengashlar faoliyati samaradorligini oshirish yoʻlida hamjihatlikda ish olib borishga tayyor ekanliklarini taʼkidladilar. 

Mazkur uchrashuv hududlar oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, mahalliy vakillik organlari faoliyatini takomillashtirish hamda zamonaviy boshqaruv tajribalarini keng joriy etishda muhim ahamiyat kasb etdi. 

   

Slide 1 of 15