Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN DAVLAT KADASTRLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTAT VA MAHALLA YETTILIGI HAMKORLIGI. MAHALLA RAISI FAOLIYATI VA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI.
янв.21
MAHALLADAGI YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN TADBIRLAR SAMARADORLIGI, YOSHLAR BANDLIGI O‘RGANILDI.
янв.21
NAVBATDAGI SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILAYOTGAN MASALA YUZASIDAN DEPUTATLIK NAZORATI O‘TKAZILDI.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATINING SAMARADORLIGI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN MUAMMO IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
DEPUTATLAR TOMONIDAN DAVLAT PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDAGI ISHLAR VA QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
NAVBATDAGI SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILAYOTGAN MASALA YUZASIDAN DEPUTATLIK NAZORATI O‘TKAZILDI.
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILMOQDA.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHI DOIMIY KOMISSIYASINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
Termiz MFYda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash ishlari nazoratda

Termiz MFYda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash ishlari nazoratda

Aholi uchun qulay va zamonaviy infratuzilmani yaratish maqsadida Termiz MFY hududida yo‘llarni ta’mirlash va asfaltlashtirish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda ushbu hududda asfalt qoplamasi yotqizishdan oldingi tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashi deputati J. Taxchiyeva hududga chiqib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. O‘rganish davomida yo‘l qurilishi uchun yaratilayotgan sharoitlar, tayyorgarlik ishlari sifati hamda belgilangan rejalarning ijrosi muhokama qilindi.

Shuningdek, mas’ul tashkilotlar vakillari bilan muloqot o‘tkazilib, ishlarni o‘z vaqtida va sifatli yakunlash yuzasidan zarur tavsiyalar bildirildi.

Hududlarni obod qilish, aholi turmush sharoitlarini yanada yaxshilashga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda.

Slide 1 of 4