Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Bobojonova o‘z saylov okrugida joylashgan Terakzor mahallasida faoliyat yuritayotgan “Nihol” nomidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, muassasa faoliyati hamda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida deputat muassasaning o‘quv-tarbiya jarayoni, guruh xonalari, oshxona, tibbiyot xonasi, bolalarning dam olish va mashg‘ulot o‘tkazish maydonlari holatini ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, tarbiyalanuvchilarning xavfsizligi, sanitariya-gigiena talablariga rioya etilishi, bolalarni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash hamda ularning har tomonlama kamol topishi uchun yaratilgan imkoniyatlarga alohida e’tibor qaratildi. Muassasa rahbariyati va pedagog xodimlar bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, bolalarga zamonaviy ta’lim-tarbiya berish, ularning qobiliyatlarini erta aniqlash va rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, muassasa faoliyatida uchrayotgan ayrim muammo va takliflar ham o‘rganildi.