Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
HOKIM YORDAMCHILARI FAOLIYATI SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
“DOLZARB 90 KUN” DASTURI IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA.
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN O‘ZIGA BIRIKTIRILGAN “VIJDON ERKINLIGI VA DINIY TASHKILOTLAR TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
KENGASH DEPUTATLARI HAMDA PROKURATURA ORGANLARI HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA.
янв.21
MAHALLADAGI YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI VA YOSHLAR BANDLIGI DEPUTATLIK NAZORATIDA.
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN MAHALLADA XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH YO‘NALISHIDAGI FAOLIYAT O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLAR TOMONIDAN BIRIKTIRILGAN TASHKILOT FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
FUQARO MUROJAATI DEPUTATLAR NAZORATIDA. MUROJAAT JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASIDAGI ISHLAR VA QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
Yoshlar maslahat guruhi faoliyatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

#yoshlar_maslahat_guruhi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Olmazor tumanida Yoshlar maslahat guruhi faoliyatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi rahbari Sarvar Irgashev boshchiligida Olmazor tumanida Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan navbatdagi ochiq muloqot tashkil etildi.

📁 Uchrashuvda Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari Shopotixov Umidjon va Xoliqjonova Barno hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zolari va faol yoshlar ishtirok etib, yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va mahalliy Kengashlar faoliyatidagi ishtirokini kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

💬 Muloqot davomida tuman Kengashlari huzuridagi Yoshlar maslahat guruhlari faoliyatini yanada samarali tashkil etish va samaradorligini oshirishga qaratilgan tasdiqlangan reja-grafikning mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi. Unda yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning tashabbus va takliflarini qo‘llab-quvvatlash hamda davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olingani ta’kidlandi.

📝 Shuningdek, Yoshlar maslahat guruhi faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini mustahkamlash, faol va tashabbuskor yoshlarni guruh faoliyatiga keng jalb etish, hududlardagi dolzarb masalalarni tizimli o‘rganish hamda amaliy takliflar ishlab chiqish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

📚 Uchrashuvda yoshlarning ta’lim, bandlik, tadbirkorlik, axborot texnologiyalari, sport va madaniyat yo‘nalishlaridagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ular bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, raqamli texnologiyalar imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda yoshlar manfaatlariga xizmat qiluvchi yangi loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔎 Bundan tashqari, Yoshlar maslahat guruhi a’zolarining siyosiy-huquqiy bilimlarini mustahkamlash, liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, notiqlik san’ati va loyiha boshqaruvi yo‘nalishlarida seminar-treninglar tashkil etish bo‘yicha rejalashtirilgan ishlar muhokama qilindi.

🤝 Tadbir yakunida yoshlarning tashabbuskorligini oshirish, ularning fikr va takliflarini qo‘llab-quvvatlash, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish jarayonlarida faol ishtirokini ta’minlash hamda yoshlar bilan ochiq va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish Yoshlar maslahat guruhlari oldidagi ustuvor vazifalardan biri ekanligi qayd etildi.

💡 Ta’kidlanganidek, Yoshlar maslahat guruhlari faoliyatini yanada takomillashtirish orqali yoshlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning g‘oya va tashabbuslarini amaliyotga joriy etish hamda jamiyat hayotidagi faolligini oshirish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10