Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEHQON BOZORIDA JAMOATCHILIK NAZORATI O‘TKAZILDI.
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI VA IJTIMOIY XIZMATLAR HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
AHOLIGA O‘Z VAQTIDA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHI DOIMIY KOMISSIYASINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
FUQARO MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI 26-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
HUDUDDAGI MADANIYAT MUASSASALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT QONUN LOYIHASI MUHOKAMASIDA ISHTIROK ETDI.
янв.21
YO‘L TRANSPORT HODISALARI KO‘P SODIR BO‘LAYOTGAN JOYLARDA YTHLARNI KAMAYTIRISHGA QARATILGAN CHORA-TADBIRLAR O‘RGANILDI.
янв.21
KUTUBXONALAR FAOLIYATI VA KITOBXONLIK MUHITI O‘RGANILDI.
🏥🌿 Aholi salomatligi yo‘lida amaliy o‘rganish

Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashiga O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat S. Lyu Isfara mahallasidagi oilaviy shifokorlik punkti faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish jarayonida muassasaning moddiy-texnik holati, bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, tibbiyot muassasasining ichki va tashqi devorlarida ta’mirtalab qismlar mavjudligi aniqlanib, ushbu hududlar ko‘zdan kechirildi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida muassasani ta’mirlash ishlarini tegishli dasturga kiritish yuzasidan takliflar bildirildi. Bu esa kelgusida tibbiyot maskanida yanada qulay va zamonaviy sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.
🌱 Sifatli tibbiy xizmat va munosib sharoit — aholi salomatligining muhim omili!

Slide 1 of 4