Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
HUDUDDAGI INVESTITSIYALAR BO‘YICHA HOLAT. PARKENT TUMANIDA XITOYLIK INVESTORLAR BILAN HAMKORLIK LOYIHALARI MUHOKAMA QILINDI.
янв.21
MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASIDA JAMOATCHILIK NAZORATI O‘TKAZILDI.
янв.21
HOKIM YORDAMCHILARI FAOLIYATI SAMARADORLIGI O‘RGANILDI.
янв.21
HOKIMIYAT VA KENGASH HAMKORLIGI: MUROJAATLAR JOYIGA CHIQIB O‘RGANILMOQDA.
янв.21
DEHQON BOZORIDA JAMOATCHILIK NAZORATI O‘TKAZILDI.
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI VA IJTIMOIY XIZMATLAR HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
AHOLIGA O‘Z VAQTIDA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHI DOIMIY KOMISSIYASINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
FUQARO MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI 26-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI.
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Nafisa Qurbonova Sayapir mahallasida

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Nafisa Qurbonova Sayapir mahallasida aholini sifatli tibbiy xizmat va bepul dori-darmonlar bilan ta’minlash holatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida tuman ko‘p tarmoqli poliklinikasining Sayapir filialidagi tibbiyot shahobchasi zarur vositalar bilan ta’minlangani aniqlandi. Shahobcha Sayapir va Saidlar mahallalari aholisiga xizmat ko‘rsatadi.

Oilaviy shifokor Karimboy Abdullayev ma’lumotiga ko‘ra, mahallada 984 nafar surunkali kasalligi mavjud bemor, 72 nafar homilador ayol, 14 nafar bolalikdan nogironligi bo‘lgan hamda 134 nafar katta yoshdagi nogiron fuqaro ro‘yxatda turadi.

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan, 1801 nafar aholiga har oy 34 turdagi dori-darmon va 10 turdagi tibbiy vositalar bepul yetkazib berilmoqda.

Mahalla aholisi tibbiyot xodimlari faoliyatidan mamnun ekanligini bildirdi.      

Slide 1 of 1