Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHI DOIMIY KOMISSIYASINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
FUQARO MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI 26-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
HUDUDDAGI MADANIYAT MUASSASALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT QONUN LOYIHASI MUHOKAMASIDA ISHTIROK ETDI.
янв.21
YO‘L TRANSPORT HODISALARI KO‘P SODIR BO‘LAYOTGAN JOYLARDA YTHLARNI KAMAYTIRISHGA QARATILGAN CHORA-TADBIRLAR O‘RGANILDI.
янв.21
KUTUBXONALAR FAOLIYATI VA KITOBXONLIK MUHITI O‘RGANILDI.
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI VA IJTIMOIY XIZMATLAR HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
DOMIY KOMISSIYA YIG`LISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
AHOLI VA BOLALARNING SPORT BILAN SHUG‘ULLANISHI UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI.
Fuqarolar murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi

Fuqarolar murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi

💼 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Xudayberganov Avaz Abrarovich boshchiligida doimiy komissiya a’zolari Abdullayeva Kimyo Adilovna, Djalolov Sanjar Gayratovich hamda Kengash kotibiyati mudiri Usmanov Anvar Baxramovich tomonidan Tinchlikobod mahallasi hududidagi Farhod va Shirin nomidagi 24/7-ko‘chada joylashgan alleyada o‘rnatilgan attraksionlar yuzasidan kelib tushgan murojaat joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

💬 O‘rganish jarayonida 24- va 6-sonli ko‘p qavatli uylar aholisi bilan uchrashuv o‘tkazilib, fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va e’tirozlar atroflicha tinglandi. Xususan, bolalar uchun o‘rnatilgan attraksionlarning turar joylarga yaqin joylashtirilgani, ularning aholiga qulayligi, xavfsizlik masalalari hamda amaldagi shaharsozlik talablari va me’yorlariga muvofiqligi yuzasidan fikrlar bildirildi.

📁 Doimiy komissiya a’zolari tomonidan murojaatda ko‘rsatilgan holatlar batafsil o‘rganilib, mavjud vaziyat bo‘yicha tegishli ma’lumotlar to‘plandi. Fuqarolarga murojaatda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan doimiy komissiya tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda tuman ijro hokimiyatiga tegishli takliflar kiritilishi, masala vakolatli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqilishi va natijalari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berilishi tushuntirildi.

📊 Muloqot davomida fuqarolarni qiynayotgan har bir masala yuzasidan ochiq fikr almashilib, ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash, hududdagi mavjud muammolarni bartaraf etish va qulay yashash muhitini yaratish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

🔼 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining doimiy komissiyalari tomonidan fuqarolar murojaatlarini joyiga chiqqan holda o‘rganish, aholi bilan bevosita muloqot qilish hamda hududlardagi dolzarb masalalarga amaliy yechim topishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 7