Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati M.Kilichev tashabbusi bilan Pastdarg‘om tuman 2-son texnikumida zamonaviy ustaxona tashkil etildi.
Mazkur ustaxona o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash, ularni kasbga yo‘naltirish hamda o‘qish jarayonini amaliyot bilan uyg‘unlashtirishga xizmat qilmoqda.
Shu bilan birga, ustaxona faoliyati orqali byudjetdan tashqari qo‘shimcha mablag‘lar ishlab topish imkoniyati ham yaratilgan.
Ushbu tashabbus yoshlarning kasbiy malakasini oshirish, ularni mehnat bozoriga tayyorlash hamda ta’lim muassasalarida samaradorlikni kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi bunday tashabbuslar deputatlar tomonidan izchil davom ettiriladi.