Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
AHOLI BANDLIGI MASALALARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
HUDUDDAGI KUTUBXONALAR HOLATI DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN MAKTAB SPORT ZALI VA SPORT ANJOMLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHILARI FAOLIYATI SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
HUDUDDAGI INVESTITSIYALAR BO‘YICHA HOLAT. XALQARO HAMKORLIK: O‘ZBEKISTON–XITOY
янв.21
MAKTAB SPORT ZALI VA SPORT ANJOMLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHI HUZURIDAGI YOSHLAR MASLAHAT GURUHI A’ZOSI MARJONA QIYOMOVANING XALQARO MAYDONDAGI YUTUG‘I
янв.21
HOKIM YORDAMCHILARI FAOLIYATI SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DAVLAT TILIDA ISH YURITISH VA GEOGRAFIK OBYEKTLARNI NOMLASH VA QAYTA NOMLASH TO‘G‘RISIDAGI QONUNLAR IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
Deputati Qumrabot MFY ijtimoiy xodimning ish hujjatlarini olib borish tartibi bilan tanishdi.

18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayeva tomonidan Qumrabot mahalla fuqarolar yig’inida faoliyat olib borayotgan ijtimoiy xodimning ish faoliyati hamda xizmat hujjatlarini yuritish tartibi atroflicha o’rgandi.

O’rganish jarayonida aholiga ijtimoiy xizmat ko’rsatish sifati, ehtiyojmand va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlash holati, murojaatlarni qabul qilish va ularning ijrosini ta’minlash bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko’zdan kechirildi. Shuningdek, ijtimoiy xodim tomonidan yuritilayotgan hujjatlar, elektron va yozma ma’lumotlar bazasi, fuqarolar murojaatlarini qayd etish daftarlari hamda hisobot hujjatlarining belgilangan tartib asosida olib borilishiga alohida e’tibor qaratildi.

Tashrif davomida mahalladagi kam ta’minlangan, nogironligi bo’lgan shaxslar, yolg’iz keksalar va ijtimoiy ko’makka muhtoj oilalar bilan ishlash tizimi, ularga amaliy yordam ko’rsatish bo’yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Ijtimoiy xodim tomonidan fuqarolarning

muammolarini o’rganish, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, shuningdek, davlat tomonidan berilayotgan ijtimoiy xizmat va imtiyozlardan samarali foydalanishni ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Deputat M.Jumayeva tomonidan ijtimoiy xizmat sohasida hujjatlarni to’g’ri va tizimli yuritish, aholi bilan muloqotni yanada mustahkamlash, har bir murojaatga mas’uliyat bilan yondashish hamda manzilli ishlash muhim ekani ta’kidlandi. Shu bilan birga, ijtimoiy sohadagi ish samaradorligini oshirish, aholi muammolarini o’z vaqtida bartaraf etish va xizmat sifatini yanada yaxshilash bo’yicha tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Bunday o’rganishlar mahallalarda ijtimoiy xizmat tizimini yanada takomillashtirish, aholining davlat va jamoat tashkilotlariga bo’lgan ishonchini mustahkamlash hamda fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga xizmat qilmoqda. 

Slide 1 of 1