Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
AHOLIGA O‘Z VAQTIDA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI – DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq 24-sessiyasi bo`lib o`tdi.
янв.21
AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
MAHALLA ICHKI KO‘CHA YO‘LLARI HOLATI. “TASHABBUSLI BUDJET” LOYIHASI IJROSI DEPUTAT NAZORATIDA.
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM TOMONIDAN AHOLINING IJTIMOIY EHTIYOJMAND TOIFALARIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR O‘RGANILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI MARKAZI FAOLIYATI DEPUTATLAR TOMONIDAN O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI HAMDA SUV RESURSLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
BIR ASRLIK UMR YO‘LI — PARKENTDA URUSH FAXRIYSIGA YUKSAK EHTIROM KO‘RSATILDI
янв.21
DEPUTATLAR TOMONIDAN “GULBOG‘” MFYDA QURILADIGAN KO‘P QAVATLI UYLAR YUZASIDAN AHOLI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
HUDUDDAGI JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASH HOLATI, AYNIQSA QIZIL VA SARIQ HUDUDLARDA JINOYATCHILIKNI BARTARAF QILISH BO‘YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI.
Botir Daminov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Botir Daminov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Botir Daminov 2026-yilning birinchi choragi davomida olib borgan deputatlik faoliyati yuzasidan saylovchilari oldida axborot berib, hisobot davrida amalga oshirilgan ishlar, hududlarda olib borilgan o‘rganishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar haqida batafsil ma’lumot taqdim etdi.

📝 Deputat tomonidan Yunusobod tumanidagi “Sevinch” va “Bobodehqon” mahallalarida mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari doirasida keng qamrovli o‘rganishlar olib borildi. Jumladan, yoshlar bandligini ta’minlash, aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish holati, mahallalardagi sport inshootlari va ularning moddiy-texnik bazasi, hokim yordamchilari faoliyati samaradorligi, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda xotin-qizlar faollari faoliyati atroflicha tahlil qilindi.

🔎 Shuningdek, hududdagi ichki yo‘llar holati, tungi yoritish tizimi, yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar, bepul dori vositalari bilan ta’minlash, kommunal xizmatlar sifati, issiqlik ta’minoti, liftlar faoliyati, boshqaruv kompaniyalari ish samaradorligi, issiq va sovuq suv, elektr energiyasi hamda gaz ta’minoti bilan bog‘liq masalalar ham deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi.

📉 Bundan tashqari, hududdagi park va xiyobonlar holati, jamoat transporti harakati, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish tizimi, nogironligi bo‘lgan shaxslarga yaratilayotgan sharoitlar, davlat xizmatlari ko‘rsatish sifati, hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurashish, investitsiya loyihalari ijrosi va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

💼 Hisobot davrida deputat Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi sessiyalarida hamda tegishli doimiy komissiyalar yig‘ilishlarida faol ishtirok etib, hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi murojaatlarini tizimli hal etish, ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash va kommunal xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan qator tashabbuslarni ilgari surdi.

💡 Ochiq muloqot davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar atroflicha muhokama qilinib, navbatdagi sessiyalarga kiritiladigan masalalarni joyiga chiqib o‘rganish, mavjud muammolar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda deputatlik nazoratini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

🗣 Mazkur uchrashuv deputatlik faoliyatida ochiqlik, hisobdorlik va hududiy muammolarni manzilli hal etish tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 7