Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAYLOVCHILAR MUROJAATI ASOSIDA DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASIDAGI ISHLAR VA QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
VILOYAT VA TUMAN KENGASHI DEPUTATLARI HAMKORLIKDA O‘ZLARI SAYLANGAN HUDUDDA JAMOATCHILIK NAZORATINI O‘TKAZDI. MAKTAB INFRATUZILMASI OʻRGANILDI.
янв.21
FAVQULODDA VAZIYATLARDA AHOLI VA HUDUDLARNI ISHONCHLI MUHOFAZA QILISH.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI 27-SESSIYASIDA PARKENT TUMANI EKOLOGIYA VA IQLIM O‘ZGARISHI BO‘LIMI BOSHLIG‘I HISOBOT BERDI.
янв.21
HOKIM YORDAMCHILARI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI, XUSUSAN AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
“AXBOROT-KUTUBXONA FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
янв.21
“NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQLARI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA.
янв.21
MANZILLI DASTUR IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA: PARKENT TUMANI “NEVICH” MFYDA INFRATUZILMA LOYIHALARI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN PARKENT TUMAN SPORT MAKTABI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
🎖 INSON QADRI — DAVLAT SIYOSATINING USTUVOR YO‘NALISHI, XOTIRA ESA MILLAT SHA’NI!

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan urush yillarida front ortida fidokorona mehnat qilgan mehnat faxriylari holidan xabar olindi.

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputatlari hamda “Nuroniy” jamg‘armasi xodimlari hamkorligida tashkil etilgan ushbu ezgu tadbir davomida faxriylarning hayot yo‘li, Vatan ravnaqi yo‘lidagi xizmatlari va mashaqqatli mehnati yuksak e’tirof etildi.

Bugungi kunda mamlakatimizda inson qadri, keksa avlod vakillariga hurmat va ehtirom ko‘rsatish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida izchil davom ettirilmoqda. Ayniqsa, front ortida mehnat qilgan faxriylarni e’zozlash, ularning holidan xabar olish va munosib rag‘batlantirish — xalqparvar siyosatning amaliy ifodasidir.

Tashrif davomida faxriylar bilan samimiy suhbatlar o‘tkazilib, ularga bayram sovg‘alari hamda ezgu tilaklar topshirildi.

🇺🇿 Xotira — muqaddas, inson qadri esa hamisha e’zozda!


 ммммммммм


 

Slide 1 of 1