Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
AHOLI BANDLIGI MASALALARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
HUDUDDAGI KUTUBXONALAR HOLATI DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN MAKTAB SPORT ZALI VA SPORT ANJOMLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHILARI FAOLIYATI SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
HUDUDDAGI INVESTITSIYALAR BO‘YICHA HOLAT. XALQARO HAMKORLIK: O‘ZBEKISTON–XITOY
янв.21
MAKTAB SPORT ZALI VA SPORT ANJOMLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHI HUZURIDAGI YOSHLAR MASLAHAT GURUHI A’ZOSI MARJONA QIYOMOVANING XALQARO MAYDONDAGI YUTUG‘I
янв.21
HOKIM YORDAMCHILARI FAOLIYATI SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DAVLAT TILIDA ISH YURITISH VA GEOGRAFIK OBYEKTLARNI NOMLASH VA QAYTA NOMLASH TO‘G‘RISIDAGI QONUNLAR IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
Uchtepa tumanida investitsiya va “Open Byudjet” loyihalari o‘rganildi

Uchtepa tumanida investitsiya va “Open Byudjet” loyihalari o‘rganildi

 🗣 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Usmanov Anvar Baxramovich hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Zarnigor Kuziyevalar tomonidan tumandagi bir qator investitsiya hamda “Open Byudet” loyihalari joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganishlar davomida hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, ularning samaradorligi hamda aholi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarga alohida e’tibor qaratildi.

 ↗️ Xususan, davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etilgan "Qo‘rg‘ontepa" MFY binosi o‘rganildi. Mazkur majmua xorijiy investor — xitoylik vakil tomonidan mehmonxona sifatida foydalanish maqsadida qurilgan bo‘lib, hozirda to‘liq tayyor holga keltirilgan, biroq hali foydalanishga topshirilmagan. Unda tumandagi 40 ga yaqin yoshlar va xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash rejalashtirilgan. Mehmonxonada jami 65 ta xona mavjud bo‘lib, zamonaviy talablar asosida jihozlangan. Shuningdek, yopiq basseyn, sauna va boshqa qulayliklar tashkil etilgan.

 📁 E’tiborlisi, binoning birinchi qavatida mahalla idorasi faoliyati uchun 10 ta xona ajratilgan bo‘lib, ular to‘liq zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan. Bundan tashqari, binoning yerto'la qismida madaniy tadbirlar o‘tkazish uchun mo‘ljallangan majlislar zali mahalla ixtiyoriga berilgan.

 ✅ Shu bilan birga, mazkur mahallaga tutash hududda joylashgan hamda 2026-yil 1-mavsum “Open Byudjet” loyihasi doirasida g‘olib deb topilgan 340-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ham o‘rganildi. O‘rganishlar jarayonida ushbu muassasada kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirilmaganligi, faqat 2018-yilda joriy ta’mirlash ishlari olib borilgani ma’lum bo‘ldi.

 🗂 Hozirgi kunda mazkur obyekt bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar uchun smeta hujjatlarini tayyorlash maqsadida loyiha instituti vakillarining kelishi kutilayotgani bildirildi.

 💬 O‘rganishlar yakunida mas’ullarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, loyihalarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 6