Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAKTAB SPORT ZALI VA SPORT ANJOMLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHI HUZURIDAGI YOSHLAR MASLAHAT GURUHI A’ZOSI MARJONA QIYOMOVANING XALQARO MAYDONDAGI YUTUG‘I
янв.21
HOKIM YORDAMCHILARI FAOLIYATI SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DAVLAT TILIDA ISH YURITISH VA GEOGRAFIK OBYEKTLARNI NOMLASH VA QAYTA NOMLASH TO‘G‘RISIDAGI QONUNLAR IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
DEPUTATNING SAYLOVCHILAR BILAN O‘TKAZILGAN UCHRASHUVI BO‘YICHA DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
NOTARIAL XIZMATLAR SIFATI VA SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH HOLATI DEPUTATLAR TOMONIDAN O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN QURILISH ISHLARI NAZORAT QILINMOQDA
янв.21
Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq 25-sessiyasi bo`lib o`tdi.
DEPUTATLAR DOIMO XALQ ORASIDA

Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati N.Masharipova tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga muntazam ravishda e’tibor qaratib kelmoqda.

Aholi tomonidan yuborilayotgan murojaatlar qonunda belgilangan normalarga muvofiq, tegishli idora va tashkilotlar, shahar hokimligi bilan hamkorlikda ko‘rib chiqilmoqda. Natijada ko‘plab aholi vakillarini qiynab kelayotgan muammolar o‘z yechimini topmoqda.

Xususan, deputat N.Masharipova o‘zi saylangan “Gulzor” mahallasi, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 51A-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Hayitboy Atajanov xonadonida bo‘ldi. Murojaatchi bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazilib, uni qiynab kelayotgan muammolar atroflicha o‘rganildi.

Uchrashuv davomida fuqaroning murojaati tinglanib, masalani ijobiy hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi. Xususan, ko‘tarilgan muammoni bartaraf etish uchun mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilishi rejalashtirildi.

Slide 1 of 1