Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM TOMONIDAN AHOLINING IJTIMOIY EHTIYOJMAND TOIFALARIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADAGI YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN TADBIRLAR SAMARADORLIGI, YOSHLAR BANDLIGI O‘RGANILDI.
янв.21
PARKENT TUMANIDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
AHOLIGA O‘ZI VAQTIDA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
AHOLIGA O‘Z VAQTIDA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI – DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq 24-sessiyasi bo`lib o`tdi.
янв.21
AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
MAHALLA ICHKI KO‘CHA YO‘LLARI HOLATI. “TASHABBUSLI BUDJET” LOYIHASI IJROSI DEPUTAT NAZORATIDA.
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM TOMONIDAN AHOLINING IJTIMOIY EHTIYOJMAND TOIFALARIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR O‘RGANILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI MARKAZI FAOLIYATI DEPUTATLAR TOMONIDAN O‘RGANILDI.
Aholi murojaati amalda o‘rganildi

Taxiatosh tumani “Naymanko‘l” mahallasi markazidagi ko‘chalarga tomorqa yerlarini sug‘orish uchun oqaba suv yetkazib berish masalasi bo‘yicha aholidan kelib tushgan murojaat joyida o‘rganildi.

👥 Ushbu masalani atroflicha ko‘rib chiqish maqsadida Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputatlari — Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Artikov Davron Omarbayevich hamda Kengash kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlarini olib bordilar.

💧 O‘rganish davomida mavjud muammolar tahlil qilinib, aholini suv bilan ta’minlash, xususan tomorqa yerlarini samarali sug‘orish uchun oqaba suvni yetkazib berish imkoniyatlari va chora-tadbirlari ko‘rib chiqildi.

🛠 Hozirda ushbu muammoni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yechimlar ishlab chiqilmoqda.

Slide 1 of 1