🗣Raqamli texnologiyalar rivojlangan davrda har birimizning shaxsiy ma’lumotlarimiz xavfsizligi eng dolzarb masalalardan biridir.
⏺O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-547-sonli Qonuni fuqarolarning shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish huquqini ta’minlashga xizmat qiladi.
💬Bu muayyan jismoniy shaxsga taalluqli bo‘lgan, uni identifikatsiya qilish imkonini beruvchi ma’lumotlardir (masalan: F.I.Sh., pasport ma’lumotlari, manzili, biometrik ma’lumotlari, telefon raqami va h.k.).
🔅Rozilik prinsipi:
Sizning shaxsga doir ma’lumotlaringizni to‘plash, qayta ishlash va saqlash uchun albatta sizning roziligingiz olinishi shart (qonunda belgilangan ayrim holatlar mustasno).
🔅Ma’lumotlarning maxfiyligi:
Ma’lumotlaringizni to‘playotgan tashkilot (operator) ularning maxfiyligini va ruxsatsiz foydalanishdan himoyalanganligini ta’minlashi shart.
🔅Axborot olish huquqi:
Siz o‘z ma’lumotlaringiz qayerda saqlanayotgani, kimga berilgani va nima maqsadda foydalanilayotgani haqida axborot olishga haqlisiz.
🔅Ma’lumotlarni o‘chirish yoki tuzatish:
Agar shaxsiy ma’lumotlaringiz noto‘g‘ri bo‘lsa yoki ularni qayta ishlashga bergan roziligingizni qaytib olsangiz, tashkilot ushbu ma’lumotlarni tuzatishi yoki o‘chirib tashlashi shart.
📌Bu nima uchun muhim?
Ushbu Qonun shaxsiy ma’lumotlarning sizning ruxsatingizsiz tarqalib ketishining oldini oladi, kiberjinoyatchilikdan himoyalanish imkonini beradi va inson huquqlari ustuvorligini ta’minlaydi.
✔️Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralari belgilangan.