Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILMOQDA.
янв.21
TUMANI KENGASHI DEPUTATLARI SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI.
янв.21
AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“PARKENT TONGI” GAZETASINING 2026-YIL 2-APREL SONIDA:DEPUTAT VA SAYLOVCHILAR UCHRASHUVI.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI.
янв.21
HUDUDDAGI MADANIYAT MUASSASALARI HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
Aholiga qulaylik: Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi qarori bilan tumanimizdagi ichki ko‘chalar ta’mirlanadi.
янв.21
HOKIM YORDAMCHILARI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI, XUSUSAN AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH ISHLARI
янв.21
MAHALLADAGI YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN TADBIRLAR SAMARADORLIGI, YOSHLAR BANDLIGI O‘RGANILDI.
янв.21
HUDUDDAGI KUTUBXONALAR HOLATI
#24_ta_masala YUZASIDAN Deputat bandlik bo‘limi faoliyati bilan tanishdi

Tuman Kengashi deputati Farxod Sidiqov aholi bandligini ta’minlash hamda kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida davlatimiz rahbari tashabbusi bilan qabul qilinayotgan yangi qaror va dasturlar ijrosi, aholini ish bilan ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunar o‘rgatish va daromad manbalarini kengaytirish borasida olib borilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, “mahallabay” ishlash tizimi asosida ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularni bandlikka jalb etish, subsidiya va imtiyozlar ajratish jarayonlari muhokama qilindi.

Deputat tomonidan aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, bandlik dasturlarining samaradorligini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha manzilli ishlarni kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

🌐 t.me/Toyloq_tuman_Kengashi

Slide 1 of 4