Tashrif davomida deputat tomonidan tarixiy-madaniy meros obyektlarini asrab-avaylash, ularning jozibadorligini yanada oshirish hamda turizm salohiyatidan samarali foydalanish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Ziyoratgohda qurilayotgan masjid qurilishi koʻzdan kechirildi hamda tarixiy obidalarni saqlash va targʻib qilish boʻyicha tegishli taklif va mulohazalar bildirildi.