Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI 23-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
AHOLI VA BOLALARNING SPORT BILAN SHUG‘ULLANISHI UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI.
янв.21
DOMIY KOMISSIYA YIG`LISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
DOIMIY KOMISSIYANING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
DOIMIY KOMISSIYANING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
HUDUDDAGI KUTUBXONALAR HOLATI.
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI, FHDYO ORGANLARIDA FUQAROLARGA XIZMAT KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
DEHQON BOZORLARIDA JAMOATCHILIK NAZORATI O‘TKAZILDI.
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM TOMONIDAN AHOLINING IJTIMOIY EHTIYOJMAND TOIFALARIGA KO‘RSATILADIGAN XIZMATNI SIFATLI TASHKIL ETILISHI, KAM TA’MINLANGAN OILALARGA IJTIMOIY NAFAQALAR VA MODDIY YORDAM TAYINLASH VA TO‘LASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
PARKENT TUMANIDA YANGI BOG‘CHA – SIFAT VA NAZORAT E’TIBORDA.
Deputatlik so‘rovlari ijrosi tanqidiy ruhda muhokama qilindi

 Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi navbatdagi yig‘ilishida muhim masalalardan biri — deputatlik so‘rovlarining ijrosi atroflicha ko‘rib chiqildi. Yig‘ilish doimiy komissiya raisi E.Yunusov raisligida o‘tdi.

Unda deputatlar tomonidan ilgari surilgan so‘rovlarga mas’ul tashkilotlar tomonidan berilayotgan javoblarning sifati, mazmuni va eng asosiysi, ularning amaliy natijadorligi tahlil qilindi. Ta’kidlanganidek, deputatlik so‘rovi — bu nafaqat murojaat shakli, balki joylardagi dolzarb muammolarni aniqlash va ularni hal etishning muhim vositasidir.

Muhokamalar davomida ayrim tashkilotlar tomonidan taqdim etilayotgan javoblar yetarli darajada asoslanmaganligi, ba’zi hollarda esa yuzaki tusda ekani tanqid qilindi. Bunday yondashuv esa ko‘tarilgan masalalarning to‘liq va samarali hal etilishiga to‘sqinlik qilayotgani qayd etildi.Deputatlar tomonidan har bir so‘rov ortida aniq muammo va fuqarolar manfaatlari turgani alohida urg‘u bilan ta’kidlanib, mas’ul tashkilotlardan bu jarayonga jiddiy va mas’uliyatli yondashish talab etildi.

Shuningdek, berilayotgan javoblar faqat rasmiy axborot bilan cheklanib qolmasdan, muammoning amaliy yechimini ham o‘z ichiga olishi zarurligi bildirildi.

Slide 1 of 4