Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATNING SAYLOVCHILAR BILAN O‘TKAZILGAN UCHRASHUVI BO‘YICHA DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
OLIY MAJLIS QONUNCHILIK PALATASI DEPUTATLARI VA TUMAN KENGASHI DEPUTATLARI HAMKORLIGI. PARKENT TUMANIDA “OCHIQ BUDJET” LOYIHALARI: DOLZARB TASHABBUSLAR E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
JAMOATCHILIK NAZORATI O‘TKAZILDI
янв.21
BOSHQARUV KOMPANIYALARI FAOLIYATI SAMARADORLIGI. DEPUTATLAR VA “MAHALLA YETTILIGI” HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
янв.21
HOKIM YORDAMCHILARI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI, XUSUSAN AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILMOQDA.
янв.21
TUMANI KENGASHI DEPUTATLARI SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI.
янв.21
AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“PARKENT TONGI” GAZETASINING 2026-YIL 2-APREL SONIDA:DEPUTAT VA SAYLOVCHILAR UCHRASHUVI.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI.
URGANCH SHAHRIDA ICHKI YO‘LLARNI TA’MIRLASH DASTURIGA O‘ZGARTIRISHLAR KIRITILMOQDA

Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashining Sanoat, transport, qurilish, kommunal xo‘jaligi hamda ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi. 

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 665-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, shahar Kengashining 2026-yil 14-martdagi VII-20-24-12-180/K-26-sonli qarori bilan tasdiqlangan manzilli ro‘yxatga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish masalasi muhokama qilindi.

Ushbu kiritilayotgan o‘zgartirishlarning asosiy sababi dastlabki tarzda tasdiqlangan manzilli ro‘yhatga kiritilgan ayrim yo‘llar tashabbusli budjet jarayonlarida ham g‘oliblikni qo‘lga kiritganligidir.  

Bu kabi tadbirlar shahardagi ichki yo‘llar infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish muhitini yaratishga xizmat qiladi. Bu borada doimiy komissiya tomonidan shakllantirilgan takliflar shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritish uchun komissiya a’zolari deputatlar tomonidan ma’qullandi.